Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
63 * * * Dunyoda ikki buyuk tushuncha bor. Bularning birlamchisi — taqdir, ikkinchisi — adolat. * * * Bir odam Chjuan-tsziga murojaat qilib: — Ichi kovak qamishdan yasalgan nay kabi Yerning nayi ham undagi yoriqlardan bunyodga keladi. Ayting-chi, Koinot nayi nima? — deb so‘radi. — Koinotda son-sanoqsiz pardalardan ohanglar taraladi. Bu ohanglarning har biri o‘zicha mustaqil yangraydi. Umuman barcha buyumlar o‘zicha ohang chiqaradi. Ularga kimdir ta’sir o‘tkazarmikan? * * * Haqiqat va yolg‘on borasida bahs yuritish bema’nilik bo‘lib, mashhur masaldagi maymunlar tortishuviga o‘xshaydi. Naql etishlaricha, maymun boquvchi bir odam bo‘lgan ekan. Bir kuni u maymunlarga shunday deydi: «Ertalab sizlarga uchtadan, kechqurun esa to‘rttadan yong‘oq beraman». Bu gapni eshitib, maymunlar norozi bo‘lishibdi. Shunda maymunboqar: «Mayli, unday bo‘lsa, ertalab to‘rttadan, kechqurun uchtadan yong‘oq beraman», — debdi. Maymunlar quvonib, rozilik bildirishibdi. Bu hikoyadan ko‘rinib turibdiki, bahsda nom ham, mohiyat ham o‘zgarmay qoldi, ammo u quvonch va norozilikka sabab bo‘ldi. * * * Tuzoq quyonlarni ovlash uchun zarur. Quyonlar ovlangandan keyin tuzoqni umuman unutib yuboradilar. So‘zlar fikrni tutish uchun kerak. Fikr tutilgandan so‘ng, so‘zni unutadilar. Qaniydi, so‘zni unutgan odamni topib, u bilan suhbatlashsam. * * * Agar siz va men — ikkimiz qay birimiz haq ekanligimizni bilmasak, buni kim aniqlay olishi mumkin? Deylik, sizning fikringizni qo‘llab-quvvatlovchi odamlarni to‘pladik. Ammo faqat sizgagina hamfikr bo‘lgan bu odamlar masalani odil hal eta oladilarmi? Yo bo‘lmasa, mening fikrlarimni qo‘llab- quvvatlovchi odamlarni yig‘dik, deylik. Ular ham faqat menga hamfikr bo‘lganlari bois masalani to‘g‘ri hal qilishga qodir emaslar... Bordi-yu, sizning ham, mening ham fikrlarimizga qo‘shilmaydigan odamlarga murojaat etsak-chi? Bizga xayrixoh bo‘lmagan odamlar qanday qilib bir qarorga keladilar? Agar har ikkimizga hamfikr odamlarni chaqirsak-chi? Ular masalani qanday hal qilardilar? Ko‘rdingizmi? Siz ham, men ham, boshqalar ham kim haq, kim nohaqligini aniq aytolmaymiz. Xo‘sh, yana kimdan yordam kutishimiz mumkin? * * * Bir kuni faylasuf Chjuan-tszi va Xuy Shi Xao daryosi ustida qurilgan ko‘prik ustida kezib yurishardi. Chjuan-tszi suvga tikilib, hamrohiga dedi: — Baliqlar suvda maza qilib o‘ynashayapti. Ular shundan zavq olishadi-da. — Sen baliq emassan-ku. Ularning nimadan zavq olishini qaerdan bilasan? — deb so‘radi Xuy Shi quvlik bilan. — Sen men emassan-ku. Ularning nimadan zavq olishlarini bilmasligimni qaerdan bilasan? — dedi faylasuf ham bo‘sh kelmay. — To‘g‘ri, men sen emasman, — deb javob berdi Xuy Shi. — So‘zsiz men seni bilmayman. Lekin sening baliq emasliging aniq. Shunday ekan, sen hech qachon ularning nimadan zavq olishlarini bilolmaysan. Faylasuf dedi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling