Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
60
Doimiy mulkka ega bo‘lmagan fuqarolar doimiy tuyg‘ulardan ham mahrum bo‘ladilar. Doimiy
tuyg‘ulardan mahrum fuqarolar esa
parokandalikka uchrab, tubanlashadilar va xohlagan ishlarini
qiladilar.
* * *
3-qoida. Donishmandlarni hurmatlash va qobiliyat egalaridan foydalana bilish.
Ahli
donishlar hurmatlanib, qobiliyat va iste’dod egalaridan foydalana bilingan hukumatda nodir
shaxslar faoliyat ko‘rsatadilar.
* * *
4-qoida. Soliq va o‘lponlarni kamaytirish.
Fuqarolardan
matolar va arqonlar, tariq va guruch, muddatli og‘ir jismoniy
mehnatga majburlash
kabi turli ko‘rinishdagi soliqlar undirib olinadi. Sanab o‘tilgan og‘ir soliqlarning faqat bittasidan
foydalanish mumkin. Ikkinchisini bir oz yumshatish lozim. Bir vaqtning o‘zida
ikkinchi turdagi
o‘lpondan ham foydalanmaslik darkor. Uchinchi tur soliqlar haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi. Chunki
u ochlikdan o‘lish hamda ota va bolaning ayriliqqa mahkum bo‘lishi kabi og‘ir oqibatlarga olib keladi.
* * *
Toki oliy va quyi tabaqalar haddan ortiq
foydaga intilaverar ekanlar, davlat halokatga uchraydi.
* * *
5-qoida. Fuqarodan foydalanish, ammo uni bajarayotgan ishidan chalg‘itmaslik.
Agar fuqarodan bajarayotgan ishidan chalg‘itmay foydalanilsa, u mehnat bilan band bo‘lishiga
qaramay,
norozilik bildirmaydi; o‘zgalarning hayotini saqlab qolish uchun odamlar qatl etilganda ham
xalq norozilik e’lon qilmaydi.
* * *
Omborxonalar to‘lib-toshgan taqdirdagina xatti-harakat qoidalari va burch nima
ekanligini anglab
yetish mumkin; kiyim-kechak va oziq-ovqatlar yetarli bo‘lganda, obro‘-e’tibor va sharmandalikning
mohiyatini tushuna olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: