Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
56 * * * Inson falsafa bilan shug‘ullanishi kerakmi? Bu savolga shug‘ullanishi kerak va yoki kerak emas, deb javob qaytarish mumkin. Agar «inson falsafa bilan shug‘ullanishi lozim» deyilsa, hammasi tushunarli. Hech qanday savol tug‘ilmasligi tabiiy. Bordi-yu, odamlar «falsafa bilan mashg‘ul bo‘lmasliklari darkor» deb javob qaytarilgudek bo‘lsa, buni isbotlash uchun ham (ya’ni mashg‘ul bo‘lmasligi darkorligini) falsafiy fikrlashga to‘g‘ri keladi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, inson har qanday vaziyatda falsafa bilan shug‘ullanmog‘i kerak. * * * Hayrat falsafaning ibtidosidir. * * * Har kuni Quyoshning osmon toqini aylanib o‘tishini, tunda esa o‘zga yoritkichlarning bir tekis jilvalanishini kuzata turib, bu harakat va uyg‘unliklarning sababkori Xudoning mavjudligiga iymon keltirmaslik mumkin emas. * * * Kemalar uchun uning harakatini boshqaruvchi odam, arava uchun aravakash, qo‘shiq uchun boshlovchi, qo‘shin uchun sarkarda va davlat uchun qonun qanday o‘rin tutsa, Xudo ham olam uchun shunday o‘rin tutadi. * * * Tabiat o‘zini o‘zi davolovchi odamga o‘xshaydi. * * * Hech narsa tasodifan sodir bo‘lmaydi. Biz tasodif deb ataydigan hamma narsaning o‘z sababi bor. * * * Sezgi buyumlarning shaklini ularning moddiyatisiz qabul qilish qobiliyatidir. Bu xuddi temir va oltindagi tasvirning mumga jo bo‘lishiga o‘xshaydi. (Ya’ni mum sezgi bo‘lsa, temir va oltin — buyumlar. S.J.) (Buni yana shunday tushuntirish mumkin. Biz ko‘rib turgan toshning aynan o‘zi emas, balki uning shakli qalbimizdan o‘rin oladi). * * * Harakatning paydo bo‘lishi yoki g‘oyib bo‘lishi aslo mumkin emas. * * * Safsatabozlik va dialektika ham falsafa mashg‘ul bo‘lgan masalalar bilan shug‘ullanadi. Falsafa dialektikadan o‘ziga xos qobiliyatlari bilan, safsatabozlikdan esa tanlagan yo‘li bilan farqlanadi. Ya’ni dialektika biror jabhani donishmandlik nuqtai nazaridan bilishga urinadi. Safsatabozlik esa o‘tkinchi donishmandlikdir, xolos. * * * Ruh tanasiz emas, tana ham emas, deguvchilar to‘g‘ri yo‘l tutadilar. Chunki ruh tana emas va ayni vaqtda tanada makon topgan bir narsadir. * * * Ruh qo‘lga o‘xshaydi. Qo‘l — qurollarning quroli, aql — shakllarning shakli, sezish — his |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling