Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
«Uyqu va bedorlik haqida»
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
«Uyqu va bedorlik haqida»
asarlari shu kitoblar sirasiga kiradi. * * * Arastuga bir odam uning ortidan g‘iybat qilganini aytishganda, u: — Hechqisi yo‘q. Ortimdan kaltaklashsa ham mayli, — deb javob bergan ekan. Faylasufdan tez keksayib borayotganining boisini so‘rashganda: — Bu olijanoblikdandir, — deb javob bergan. Undan yana falsafadan qanday naf olgani haqida so‘rashganda esa quyidagicha javob qaytargan: — Boshqalar qonun qarshisidagi qo‘rquv tufayli majburan bajaradigan ishlarni men o‘z ixtiyorim bilan ado etishni o‘rgandim. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 55 * * * Arastuning orzusi tarki dunyo qilgan baxtiyor faylasuflarning afsonaviy orolidagi akademiya bog‘ining shiyponida nazariy fikrlar bilan band bo‘lib, osoyishta hayot kechirishdan iborat edi. * * * Arastuning shiori: faylasuf imkon qadar o‘tkinchi narsalardan uzoqroq turishi va o‘zining «vatani» — chin haqiqatlar saltanati tomon intilmog‘i lozim. * * * Arastu o‘z ustozi Aflotunni tanqid qilish darajasiga yetgach, «yag‘rindor Aristokl» (Aflotun) buni: «Bu toychoq o‘zini dunyoga keltirgan biyani allalamoqda», — deb sharhlagan ekan. * * * Arastu jism o‘zining og‘irligiga mutanosib tezlikda yerga qulashiga qattiq ishongan. Uning nima sababdan bunday deb o‘ylashini hech kim tushunolmagan. Chindan ham toshning momiq patga nisbatan yerga tezroq tushishi kundek ravshan haqiqat-da. Shu bois faylasuf hech ikkilanmay fikrida qat’iy turgan. Birinchi bo‘lib Halileo Haliley (1564-1642 yillar) bu fikrga shubha bilan qarab, Italiyadagi mashhur «qulayotgan» Piza minorasidan birining og‘irligi bir funt, ikkinchisiniki esa 100 funt bo‘lgan ikki toshni baravar pastga tashlagan. Buni qarangki, har ikki tosh ham bir vaqtda, baravar yerga kelib tushgan. * * * Afsonalarga qaraganda, Arastu Evbey orolini Beotiyadan ajratib turuvchi Yevrip bo‘g‘ozidagi suvning kuchli qaytishi va ko‘tarilishi muammosini yecholmay, o‘zini suvga tashlagan. * * * Arastuning o‘limidan so‘ng uning ilmiy asarlari uyi yaqinidagi g‘orda saqlangan. Keyinchalik Iskandariyadagi moziygohga topshirilgan. Bu qo‘lyozmalar orasida asl nusxalar yo‘q edi. Ularni milodning 70 yilida Sulla ismli sarkarda Rumga o‘lja sifatida keltirib, bir necha nusxada ko‘paytirgan. Arastu 200 yillik unutilishdan so‘ng falsafa olamida shu tariqa qayta qad rostladi. * * * «Haqiqatni izlash ham oson, ham mushkul, — degandi Arastu. — Chunki hech kim unga to‘liq erisholmaydi. Shuning barobarida, hech kim uni umuman payqamasligi ham mumkin emas. Ammo har bir odam tabiatni anglashimiz uchun ozgina bo‘lsa-da, o‘z hissasini qo‘shadi, ushbu hissalar yig‘indisi natijasida esa ulug‘vor manzara paydo bo‘ladi». (Arastuning bu so‘zlari Vashingtondagi milliy fanlar akademiyasi binosi peshtoqiga o‘yib yozilgan). * * * Farangiston prezidenti general Sharl de Goll (1890-1970) Arastu haqida shunday fikr bildirgandi: «Chuqur fikrlar, yengil tahlil va ishonchli mulohazalardan xoli bo‘lgan har qanday kasbga doir ilm behuda hiyla-nayrangga aylanadi. Oz bo‘lsa-da, ushbu sifatlarni o‘zida jo etgan, ammo ularni tarbiyalay olmagan, shuningdek, ulardan faqat harbiy sohada foydalanganlar yanglishadilar. Aql muayyan kasb mahoratidan topib bo‘lmaydigan xilma-xillikni talab etadi. Umumiy madaniyat haqiqiy boshqaruv maktabidir. Olamda bitta ham sarkarda yo‘qki, o‘z harbiy san’atini inson tafakkuri xazinasi evaziga yuksaltirmagan bo‘lsin. Biz buyuk sarkarda Iskandar Maqduniyning g‘alabalari asosida, albatta, Arastuni ko‘ramiz...» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling