Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
57 qilinayotgan narsaning shaklidir. * * * Ruhni tanadan ajratib bo‘lmaydi. * * * ... Vaqt «hozir»siz mavjud bo‘lolmaydi va butun ma’nosini yo‘qotadi. Zero, «hozir» o‘zida ham ibtidoni, ham intihoni jo etguvchi o‘rtalikdir. * * * Tafakkur va fikrlash aynan bir narsa bo‘lib, har ikkisi ham moddiyatdan ayridir. * * * Tabiiylik va inson... Agar biz yog‘och kursini yerga ko‘mib, uning o‘sib chiqishi uchun yo‘l topolganimizda ham undan bari bir yangi kursilar emas, balki daraxtlar o‘sib chiqaveradi. * * * Tabiat erkin odamlarning jismoniy uyushmasi bilan qullarning jismoniy uyushmasi o‘rtasidagi farqni ham ta’minlab qo‘ygan. Qullarning jismi baquvvat bo‘lib, zarur jismoniy yumushlarni bajarishga moslashgan. Erkin odamlar esa qaddilarini tik tutib yuradilar va og‘ir jismoniy mehnatga yaramaydilar. Ammo ular siyosiy faoliyatga yaroqlidirlar. * * * Shon-shuhratga intilishda ham, undan qochishda ham me’yorni saqlay biling. * * * Hurmatli odamning qandayligiga odatda uning ishiga qarab baho beriladi. Busiz uning maqsadini bilib bo‘lmaydi. Agar insonning vijdonini va go‘zallikka intilishlarini bevosita ko‘rish mumkin bo‘lganda, bu odam bajarayotgan ishisiz ham olijanob zot sanalaverardi. * * * Xudbinlik o‘zini o‘zi sevish bilan emas, bu sevgining me’yordan ortib ketishi bilan belgilanadi. * * * Shuhratparastlar bu sifatdan xoli bo‘lgan odamlarga nisbatan hasadgo‘yroqdirlar. * * * Qashshoqlikdan, xastalikdan, umuman, illat sanalmaydigan va insonning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan narsalardan aslo cho‘chimaslik darkor. * * * Istaklarini yenga olganlar bukilmas insonlardir. O’zini mag‘lub eta olganlar jasur va mardonadirlar. * * * Ezgulik qilishdan cho‘chiydiganlarni axloqiy go‘zal odamlar toifasiga qo‘shib bo‘lmaydi. Hamma yaxshi narsalarni yaxshi deb bilgan, boylik va amal ham buza olmaydigan odamlar eng olijanob insonlardir. * * * Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 58 Biz bo‘sh vaqtni qo‘lga kiritish uchun bo‘sh vaqtdan mahrum bo‘lamiz, tinch yashash uchun esa urishamiz. * * * Vijdon olijanob insonning odil hakamidir. * * * Ranj va alam chekmay, huzurlanmay ezgu ishlarni amalga oshirish mumkin emas. * * * Ma’lum bir axloqiy sifatlarga ega bo‘lmay turib, chunonchi, munosib inson bo‘lmay turib, ijtimoiy hayotda harakat qilib bo‘lmaydi. * * * Maqsad emas, balki unga yetish vositalari hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. * * * Oshna-og‘aynilari mo‘l odamning do‘sti bo‘lmaydi. * * * Har bir ishning boshlanishi shu ishning deyarli yarmi bajarilgani bilan barobardir. * * * Jiddiylik kulgi bilan, kulgi esa jiddiylik bilan yengiladi. * * * Arastu o‘z falsafasini hech qachon metafizika deb atamagan. Umuman, uning zamonasida bunday atama bo‘lmagan. Bu yangi so‘zni miloddan avvalgi 1 asrda Iskandariya kutubxonasining qo‘riqlovchisi rodoslik Andronik tasodifan «o‘ylab topgan». Ya’ni bir kuni Arastuning qo‘lyozmalari o‘ramini javonga taxlash chog‘ida u avval tabiiyot haqidagi «kitob»larni, keyin esa falsafiy mazmundagi asarlarni tartib bilan joylashtiradi. «Keyin» so‘zi yunoncha «meta» degan ma’noni anglatadi. Shu tariqa metafizika so‘zi paydo bo‘ldi («meta» — keyin, «fyuzik» — lotincha tabiiyot ma’nosini bildiradi). Bir qarashda tasodifan yuzaga kelgan bu so‘z buyuk taqdir «egasi» bo‘ldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling