Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
65 qilmaslik va hech bir yo‘lga kirmaslik esa Daoni egallashning boshlanishidir. * * * Haqiqat izlovchi zulmat aro daydib yuradi. * * * Me’yoridan ortiq axloqiylik narsalarning tabiatiga soya tashlaydi. Chunki bunday axloqiy sifatlar egasi o‘zini surnay va do‘mbira sadolari ostida noyob namuna sifatida ko‘klarga ko‘tarib maqtashlarini, mashhur bo‘lishni istaydi: Axir, bu qalbakilik emasmi? * * * Kamarning ilgagini o‘g‘irlagan kimsa qatl etiladi, saltanatni o‘g‘irlaganlar esa hukmdorlikka erishadilar. * * * Mukammal ma’naviy sifatlar egasi hech narsaga ega bo‘lmaydi. Bunday ulug‘ inson hatto o‘zidan ham mahrumdir. * * * Vaqt yetishi bilan Ustoz tug‘ildi; ketar vaqti kelganda — Ustoz bunga ham bo‘ysunadi. Taqdirga tan berib, muqarrar qismatga bo‘ysunsangiz, sizga na quvonch va na qayg‘u yo‘l topa oladi. Moziyda buni «dor ostidan qaytish» deb ataganlar. * * * Insonning quvonch bilan yashashiga xalaqit qilish, uni kiyinish, tikish-bichish, yerga ishlov berish va ovqatlanish imkoniyatidan mahrum etib, ezgulik va adolatparvarlik bilan bezash — donishmandlarning bor-yo‘q jinoyatidir. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 66 PIRRON (Miloddan avvalgi 365 (taxminan) -275 yillar) Qadimgi yunon faylasufi Pirron Pelopnnesedagi Elida shahrida tug‘ilib o‘sgan. Pirron dastlab musavvirlik bilan shug‘ullangan. Keyinchalik abderalik faylasuf Anaksarxning mulohazalarini tinglagan Pirronda falsafaga qiziqish uyg‘onadi. U Iskandar Maqduniyning Osiyo yurishlarida ishtirok etib, gimnosofistlar bilan uchrashdi. Pirron hatto Iskandarning jang chog‘ida asir olingan gimnosofistlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatida ham ishtirok etgan. Gimnosofistlarni yunonlar «yalang‘och Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling