Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’ta mustaqillikka va fikrlarini ochiq-oydin aytishga odatlangani bois Syun-tszi 255 yilda tuhmatga uchraydi. Natijada Si xoqonligidan Chu saltanatiga qarab yo‘l oladi va bu
www.ziyouz.com кутубхонаси
74 SYUN-SZI (Taxminan miloddan avvalgi 313-235 yillar) Qadimiy Xitoy faylasufi Syun-tszi Chjao xoqonligida dunyoga keldi. Miloddan avvalgi 266 yilda Chjaoni tark etib, Sin saltanatiga jo‘nadi va bu yerda xoqon Chjao-van hamda uning bosh vaziri Suy bilan hamsuhbat bo‘ldi. Miloddan avvalgi 264 yili faylasuf Si xoqonligiga kelib, «Szisya» akademiyasida dars bera boshlaydi va tez orada saltanatdagi eng ko‘zga ko‘ringan a’yonlar qatoridan joy olib, olimlarga boshchilik qiladi. O’ta mustaqillikka va fikrlarini ochiq-oydin aytishga odatlangani bois Syun-tszi 255 yilda tuhmatga uchraydi. Natijada Si xoqonligidan Chu saltanatiga qarab yo‘l oladi va bu yerda Lanlin tumaniga hokim qilib tayinlanadi. Miloddan avvalgi 250 yilda Syun-tszi vazifasidan ozod etiladi va Chjao xonligiga qaytib boradi. Oradan ko‘p o‘tmay u Chu xoqonligi Lanlin viloyati hokimligi vazifasiga qayta tiklanadi. Miloddan avvalgi 238 yili faylasufning homiysi bo‘lmish Chun-shen viloyatining hukmdoriga suiqasd qilinadi. Syun-tszi noiloj davlat xizmatidan ketadi. U Lanlin viloyatida muqim qolib, shogirdlari bilan birgalikda «Syun-tszi» deb nomlangan asarini yozishga kirishadi. Hukmdorlaru vazirlar bilan dadil muloqotda bo‘lib, o‘z fikrini tap tortmay ayta olgan Syun-tszi hayotini qashshoqlik va faqirlikda o‘tkazadi... Zamondoshlari uning falsafiy salohiyatini munosib qadrlay olmaydilar. U hayotdan shu tariqa ko‘z yumadi. * * * O’tmishga sajda qilmang, kelajak uchun g‘am chekmang va tashvishli xayollarga berilmang! Kezi kelganda, fursatni qo‘ldan bermay ishga kirishing!.. — deb yozadi Syun-tszi. * * * Men kun bo‘yi o‘y surdim-u, ammo hatto eng qisqa fursatli tahsilchalik naf ololmadim. Oyog‘imning uchida ko‘tarilib, uzoqlarga ko‘z tikdim. Biroq yuksaklikdan yaqqol namoyon bo‘lguvchi sarhadlarni ko‘rolmadim. Chunonchi, baland joyga chiqib qo‘l silkigancha biror kimsani chaqirganingizda qo‘lingiz uzayib ketmasa-da, o‘sha odam uni uzoqdan ko‘ra oladi. Tovushingizni shamolning yo‘nalishiga moslab qichqirganingizda, bundan tovushingiz kuchayib qolmasa-da, tinglovchilar sizni aniq eshitadilar. Otlar qo‘shilgan aravaga tushganingizda oyoqlaringiz chopag‘on bo‘lib qolmaydi. Biroq siz bir necha ming chaqirim masofani qisqa fursatda bosib o‘tasiz. Qayiqda ketayotganingizda suzish borasidagi mahoratingiz oshmasa-da, katta va kichik daryolarni bemalol suzib o‘tasiz. Xulosa shuki, mukammal, komil inson dunyoga kelganda go‘yo o‘zgalardan farq qilmaydigandek tuyuladi. Ammo u qachon va qanday narsaga tayanishni yaxshi bilishi bilan boshqalardan ajralib turadi. * * * Inson baquvvatlik borasida ho‘kizdan ojizlik qilib, chopqirlikda otdan ortda qolsa-da, bu jonivorlarning har ikkisini o‘z izmiga bo‘ysundirib, ishlata biladi. Buning boisi nimada? Chunki insonlar ho‘kiz va otdan farqli o‘laroq hamjihatlikda yashash iqtidoriga egadirlar. Xo‘sh, insonlar nimaning evaziga hamjihatlikda yashaydilar? Buning siri insonlar o‘rtasidagi vazifalarning o‘zaro taqsimlanishidadir. Xo‘sh, bu taqsimlanish nimaning evaziga amalga oshiriladi? U burch tuyg‘usi evaziga amalga oshiriladi. * * * |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling