Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/184
Sana08.07.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1659214
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   184
Bog'liq
96 faylasuf

www.ziyouz.com кутубхонаси 
76
* * * 
Xalqning daromadini qiyib, boz ustiga borini tortib olgandan ko‘ra, avval daromad qilish 
imkoniyatini yaratib, so‘ng uning bir qismini olgan a’lodir. 
* * * 
«Bobokalonlarimiz odamlar ustidan hukmronlik qiluvchi zot xushsurat va go‘zal libosli bo‘lmasa, 
xalqni hamjihatlikda ushlab turolmasligini yaxshi bilganlar», — deb yozadi faylasuf. 
* * * 
Syun-tszi donolikni to‘rt toifaga ajratadi. 
1. Xizmatkorning donoligi: chaqqonlik, topqirlik, aql-farosat bilan yo‘g‘rilgan, ammo izchillikdan xoli 
nutq; hech kimga keragi bo‘lmagan ilm bilan shug‘ullanish; haqiqat va yolg‘on bilan hisoblashishni 
istamaslik. 
2. Quv odamning donoligi: ikkiyuzlamachilik, muomalaning barcha tamoyillarini buzish; har bir 
ishda xatoga yo‘l qo‘yish. 
3. Ma’rifatli odamning donoligi: oz, to‘g‘ri va qisqa so‘zlash, fikrlarni misoli ipga tizgandek tartib 
bilan bayon etish; o‘zini tuta bilish. 
4. Komil insonning donoligi: nutqdagi izchillik, birorta hodisaning sabablari xususida bir necha 
kunlab mushohada yuritish, ularga har taraflama yondashish va shuning barobarida izchillikni saqlab 
qolish. 
* * * 
Davlat boshqaruvini qay tarzda amalga oshirmoq kerak? — degan savolga Syun-tszi shunday javob 
beradi: 
— Buning uchun dono va iste’dodli odamlarning kimligi va mavqeidan qat’i nazar, yuqori 
lavozimlarga ko‘tarib, dangasa va iqtidorsiz kishilarni vazifasidan chetlatish lozim. 
* * * 
Chaqaloqlar hamma yerda bir xil yig‘lashadi. Katta bo‘lganlarida esa turli qiliqlar qilishadi. Bu — 
tarbiyaning oqibati. 
* * * 
Haddan ortiq shafqatsizlik qilganlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar, o‘ta muloyimlik esa seni 
zanjirband etadi. 
* * * 
Faqat o‘z shaxsiy manfaati haqida qayg‘urib, burchni unutmoqlik o‘taketgan pastkashlikdir. 
* * * 
Naql qilishlaricha, hukmdorni qayiqqa, xalqni suvga qiyoslash mumkin. Suv qayiqni olib yurishi 
ham, to‘ntarib yuborishi ham mumkin, — deb yozgandi Syun-tszi. 
* * * 
Har bir inson nimanidir to‘g‘ri, deb hisoblaydi. Bu holat donoga ham, ahmoqqa ham birdek tegishli. 
Biroq ular to‘g‘ri deb topgan narsalar bir-biriga o‘xshamaydi. Dono bilan ahmoq o‘rtasidagi farq ana 
shundadir. 
* * * 
Komil inson tekshirib bo‘lmaydigan so‘zlarga, ilgari uchramagan harakatlarga va fikrlarga 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
77
* * * 
Hukmdorning qudratli, shavkatli bo‘lishi, mamlakatda osoyishtalik o‘rnatishi va zaiflik, xavf-xatar
sharmandalikdan yiroq turishining eng oson yo‘li qanday? — degan savolga Syun-tszi shunday javob 
beradi: 
— Buning uchun hukmdor o‘ziga munosib vazir tanlay bilmog‘i lozim. 
* * * 
Orxideya guli o‘ziga yarasha xushbo‘y. Agar u peshobga botirib olinsa, komil inson unga yaqin 
yo‘lolmaydi. Oddiy odamlar esa uni chakkalariga taqmaydilar. 
Bu hol orxideya gulining hidi bilan emas, balki u botirib olingan peshobning jirkanchligi bilan 
izohlanadi. Shu bois komil inson pokiza joyda yashab, ilmli kishilar bilan do‘stlashadi, shu yo‘l bilan 
o‘zini yolg‘on va pastkashlikdan ihotalab, rostgo‘y va to‘g‘ri odamlar bilan yaqinlashadi. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling