Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/184
Sana08.07.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1659214
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   184
Bog'liq
96 faylasuf

www.ziyouz.com кутубхонаси 
75
Ming yil avval yuz bergan narsalar albatta takrorlanadi. Bu takrorlanish doimiylikdir. 
* * * 
Ibtido intihodir, ayni vaqtda intiho ibtidodir. Bu holat na boshi va na oxiri bo‘lmagan aylanaga 
o‘xshaydi. Agar u buzilsa, Koinot halokatga uchraydi. 
* * * 
Dehqon o‘zining bor kuch-quvvatini ekin-tikin ishlariga safarbar etgani bilan dalalarga hokim bo‘lib 
qololmaydi. Savdogar bor g‘ayratini oldi-sotdi ishlariga bag‘ishlasa-da, bozorning hukmdoriga 
aylanolmaydi. Hunarmand bor kuchini turli asbob-uskunalar yasashga qaratsa-da, ishlab chiqarishni 
idora qilolmaydi. Biroq shunday odamlar borki, ular biz tilga olgan kasblarning bittasini ham 
egallamagan bo‘lishlariga qaramay, dehqonlarni ham, savdogarlar va hunarmandlarni ham boshqara 
oladilar. Buning boisi shundaki, ular butun diqqat-e’tiborlarini buyumlarga emas, dao ta’limotiga 
qaratadilar. O’z diqqat-e’tiborini buyumlarga jalb etgan odam faqatgina bir turkum narsalarni 
boshqara oladi. O’z diqqatini daoga qarata olgan odam esa bir vaqtning o‘zida barcha darajadagi 
narsalarni boshqarishga qodir bo‘ladi. Komil inson butun diqqatini dao falsafasiga qaratadi va shu 
asnoda buyumlarni tadqiq etadi. 
* * * 
Qalbning tabiiy tuyg‘ular ila haqiqatni yolg‘ondan ajrata olishimizga ko‘maklashuvi o‘ylash deb 
ataladi. 
* * * 
Qalb tananing sohibi va donolikning hokimidir. U tanaga buyruq beradi. 
* * * 
Inson qalbini idishdagi suvga qiyoslash mumkin. Idishdagi suv harakatsiz, tinch turganda loyqalar 
tubiga cho‘kadi va suv tiniqlashadi. Bu suvdagi aksingizda qoshlaringizni, kipriklaringizni va hatto 
yuzingizdagi ajinlarni ham ko‘rishingiz mumkin. Ammo salgina epkin esib, idishdagi suv chayqalsa, 
tubidagi loyqa cho‘kindi harakatga keladi. Natijada suv xiralashadi. Endi bu suvga tikilib, hech nimani 
ajratib bo‘lmaydi. Inson qalbi ham shunday. Tamoyillar yordamida to‘g‘ri yo‘naltirilib, xotirjamlik va 
osudalik ko‘magida tarbiyalangan qalbni hech bir narsa to‘g‘ri yo‘ldan ozdirolmaydi. Ana shunda inson 
qalbi yaxshi-yomonni ajratib, mujmal narsalarni bilmoqlikka qodir bo‘ladi. 
* * * 
Qalbi bezovta inson taom qanchalar lazzatli bo‘lmasin, uning ta’mini sezmaydi, qanchalar yoqimli 
bo‘lmasin, qo‘ng‘iroq jarangini his etolmaydi, ko‘zlari ajoyib naqshlar bilan bezalgan libosni ko‘rib 
tursa-da, bu go‘zallikdan zavq ololmaydi. 
Agar inson qalbi osuda va shod bo‘lsa, gullar odatdagidek maftunkorlik kasb etmasa ham ko‘zi 
quvnayveradi, ohanglar odatdagidek yoqimli jaranglamasa-da, dili orom olaveradi. 
* * * 
Agar biror narsa barchaga baravar taqsim etilsa, hammaga yetmay qolishi mumkin. Bordi-yu, 
hokimiyat tepasidagilarning mavqei tenglashtirilsa, hamjihatlik barham topadi. Agar hamma teppa-
teng bo‘lsa, mehnat qiladigan odam qolmaydi. Toki osmon va yer mavjud ekan, yuqoridagilar va 
quyidagilar o‘rtasidagi farq ham yo‘qolmaydi. 
* * * 
Hukmdorlar badavlat va saxiy bo‘lmasalar, mamlakatni idora etolmaydilar. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling