Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
70 * * * Faylasufning inson azob-uqubatlariga malham bo‘lolmaydigan so‘zlari quruq safsatadan o‘zga narsa emas. Jismdagi kasallikni yo‘qotolmaydigan tabobatdan hech qanday naf bo‘lmaganidek, qalbdagi xastalikka davo topolmaydigan falsafa ham befoydadir. * * * Sezgi hech qachon aldamaydi. (Epikur beqaror va yuzaki sezgini barqaror va umumiy sanalmish fikrga qarama-qarshi qo‘yuvchi qadimiy falsafa aqidalarini rad etgan. U sezgini haqiqatning mezoni deb hisoblagan.) * * * Aql-farosatdan mahrum holda baxtli yashagandan, aql-farosat bilan badbaxt bo‘lgan a’loroqdir. * * * O’tgan saodatli onlarini unutganlar qariyaga aylanadilar. * * * O’lim — eng dahshatli yovuzlik. Ammo buning bizga hech qanday daxli yo‘q. Chunki biz tirik ekanmiz, o‘lim ham bo‘lmaydi, o‘lim yetib kelgach, biz g‘oyib bo‘lamiz. * * * Bizga kerakli narsalarni yengil, kerakmaslarini esa og‘ir qilib yaratgan dono tabiatga tahsinlar aytamiz. * * * Erkinlik istaklarni jilovlash natijasida erishiladigan eng oliy ne’matdir. * * * Zaruriyat kulfatdir. Ammo zaruriyat bilan yashashning hech qanday zarurati yo‘q. * * * Aqlli, axloqli va adolatli bo‘lmay turib, ko‘ngildagidek yashash mumkin emas. Va aksincha, ko‘ngildagidek yashamay turib, aqlli, axloqli va adolatli hayot kechirib bo‘lmaydi. * * * Navqironlarni emas, balki hayotini yaxshi yashab o‘tgan keksa odamlarni baxtli sanamoq lozim. * * * Barcha istaklar oldiga shunday savolni ko‘ndalang qo‘ymoq kerak: xo‘sh, istagim amalga oshgach, men nimaga erishaman? Istagimga erisholmasam-chi? * * * Donishmand hech qachon befahmga aylanolmaydi. * * * Donolik hamma narsaning ibtidosi va buyuk ezgulikdir. Shu bois u hatto falsafadan ham qimmatliroq. * * * Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 71 Insonlar yo hasad, yo ko‘rolmaslik, yoki nafrat tufayli bir-birining dilini og‘ritadilar. Dono kishi esa aql-idrok ila bularning barchasidan ustun turadi. Donolikka erishgan odam hatto atayin urinsa ham buning aksini qilolmaydi. * * * Hatto eng bo‘lmag‘ur qonun ham insonlar uchun zarurdir. Aks holda odamlar bir-birini g‘ajib tashlaydi. * * * O’zingga bino qo‘ymay, dono, aql-zakovatli bo‘lishga intil. * * * Yiqilganni turg‘izmoq uchungina egil. * * * O’zgalarga qo‘rqinchli tuyulgan odamning qalbi ham qo‘rqinch hislaridan xoli emas. * * * Inson yo qo‘rquv, yoki intihosiz va behuda ehtiros tufayli baxtsiz bo‘ladi. * * * Donishmandgina she’riyat va musiqaga to‘g‘ri baho bera oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling