Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
68 Narsalarning tabiati haqida hukm chiqarish nojoizligini tasdiqlovchi dalillar ko‘p. Masalan, echki shoxining qipiqlari oq rangda ko‘rinadi, lekin butun shoxining rangi qoradir. Xuddi shuningdek, kumushning kukuni qora tusli bo‘lib tuyuladi, ammo u yaxlit holga keltirilganda oppoq rangga kiradi. Shu bois ularni qora ham, oq ham deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi... Qum zarrasini ushlaganingizda qattiq tuyulsa-da, uni to‘dalaganingizda yumshoqligini his etasiz. Me’yorida iste’mol qilingan musallas jismni baquvvatlashtiradi, keragidan ortig‘i esa uni bo‘shashtirib yuboradi. Zilzilaga birinchi marta duch kelganlar va yer silkinishiga ko‘nikib qolganlar undan turlicha ta’sirlanishadi. Dengizni ilk marta ko‘rgan odam qanchalik kuchli hayajonga tushishi ma’lum. Xuddi shunga o‘xshash ilk marta va tasodifan uchraganimiz insonning jismoniy go‘zalligi bizni uning odatiy ko‘rinishiga nisbatan ko‘proq hayajonga soladi. Umuman, kamyob narsalar qimmatli bo‘lib tuyuladi. Osonlik bilan yetishishimiz mumkin bo‘lgan va son jihatdan ko‘p miqdordagi narsalar esa qimmatini yo‘qotadi. Demak, aynan bir narsa bizga o‘ta g‘aroyib yoki qimmatli bo‘lib tuyuladi. Yoxud biz narsalarni ko‘pligi yoki kamyobligiga qarab baholaymiz. Shunday ekan, biz narsalarning asl ko‘rinishi qandayligini aniqlashga qodir emasmiz. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 69 EPIKUR (Miloddan avvalgi 341-270 yillar) Yunon faylasufi Epikurning vatani — Lampaska shahri bo‘lib, Afinadan Samos oroliga ko‘chib o‘tgan oilada tug‘ilgan. Epikur Aflotunning shogirdi Pamfil qo‘lida tahsil olgan. Donishmand miloddan avvalgi 310 yilda Lesbosdagi Mitilen shahrida, 306 yildan o‘limiga qadar Afinadagi o‘z «Bog‘»ida talabalarga falsafadan saboq bergan. Bu bog‘ Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling