Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
hukmni mardona qarshi olib, tomirini kesadi va dunyodan ko‘z yumadi
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
hukmni mardona qarshi olib, tomirini kesadi va dunyodan ko‘z yumadi.
* * * Seneka shunday deb yozadi: «Odamlar menga ta’limotim va dunyoqarashlarim bilan hayotim o‘rtasida tafovut borligi haqida so‘zlab, ta’na qiladilar. Ular bir vaqtlar Aflotun, Epikur va Zenonga ham shunday ayb taqagandilar. Lekin barcha faylasuflar o‘zlarining qanday yashashlari xususida emas, balki qanday hayot kechirish lozimligi borasida fikr yuritadilar. Men ham o‘zim haqimda emas, ezgulik xususida mushohada qilib, uni izohlashga urinaman. Turli illatlarga, shu bilan birga o‘zimdagi kamchiliklarga qarshi kurashaman». * * * Odamlar ko‘pincha men haqimda: «Nima uchun u falsafani sevadi-yu, ammo badavlatlikni kasb etgan? Nega u odamlarni boylikdan nafratlanishga undaydi-yu, o‘zi mol-davlat to‘playdi? U quvg‘inni pisand etmaslikni maslahat beradi-yu, ammo vatanida hayot kechirib, vafot etmoqlikni afzal ko‘radi?» — deyishadi. Men ularga javoban shunday deyman: «Sanab o‘tilgan narsalardan nafratlanish — ulardan butkul voz kechish degani emas. Men aynan ana shu narsalar xususida g‘am-zahmat chekib, o‘zni behuda qiynamaslik darkor, demoqchiman. Dono odam boylikni sevmaydi, qashshoqlikni afzal ko‘radi. U boylikni qalbiga yo‘latmaydi, boshpanasiga esa...» * * * Falsafa muhokamani emas, balki amalda bajarishni o‘rgatadi. So‘z bilan amalning mushtarakligini saqlab qolish uchun esa har bir kishi falsafa qonunlariga amal qilishi lozim. Falsafa beqarorlik va so‘z bilan amaliyotning tarqoqligini yoqtirmaydi. * * * Falsafa olomonga ko‘z-ko‘z qilish uchun ayyorlarcha o‘ylab topilgan ermak emas. Uning mohiyati og‘izda emas, amalda namoyon bo‘ladi. Falsafa kunni zavq bilan o‘tkazishda yoki bekorchilikdan zerikish chog‘ida qo‘l keluvchi oddiy vosita ham emas. Falsafa ruhni shakllantiradi, hayotni tartibga solib, xatti-harakatlarimizni boshqaradi va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. U kema boshqaruvini qo‘lga olib, uni asov to‘lqinlardan eson-omon olib o‘tadi. Falsafa — xotirjamlik manbai. Turmushda soat sayin shunday behisob voqea-hodisalar yuz beradiki, biz maslahatga muhtoj bo‘lib qolamiz. Ana shunda falsafa yordamga keladi. * * * «Lutsilliy! — deb yozadi Seneka o‘z maktubida. — Sayyohning yuki qanchalik qimmatli bo‘lsa, u |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling