Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
120 * * * Payg‘ambarimiz shunday degandilar: «Uch narsadan: shubha-gumondan, yomon xayollardan va havasdan hech kim qutulolmaydi. Men sizga ulardan xalos bo‘lish yo‘lini aytaman. Agar gumonsirasang tekshirma, yomon xayollar kelsa, ulardan qoch, havasing kelgan narsaga ega bo‘lish istagidan o‘zingni tiy». * * * Payg‘ambardan so‘radilar: «Xalqlarning kulfatiga nimalar sabab bo‘ladi?» U zot shunday javob qaytardilar: «Manmanlik, gerdayish, takabburlik, raqobat, tarqoqlik va hasad xalqlarga kulfat keltiradi. Ana shular tufayli avval xalqlar o‘rtasida ajralish yuz beradi, so‘ngra tartibsizlik boshlanadi». * * * Uchta olam mavjuddir: ularning biri zohiriy, ikkinchisi botiniy olam bo‘lsa, har ikkisining orasidan yana bir olam — ruhiy olam o‘rin olgan. * * * Buyuk va qudratli Tangri barcha bandalariga murojaat qilib: «Ilmni sizlarga oz miqdorda berdim», dedi. Darvoqe, olamdagi barcha tafakkur egalari yig‘ilishib bosh qotirganda ham loaqal Uning chumoli va chivinni qay tariqa yaratganiga oid ilmi va zakosini anglab yetolmaydilar, bu masalaning o‘ndan birini ham yecholmaydilar. Inson faqat Olloh buyurgan ilmnigina egallashga qodir. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 121 ChJU SI (1130-1200) Xitoylik faylasuf Chju Si (laqabi Yuan xuey, umrining so‘nggi yillarida Chju Xuy-an taxallusini olgan) Xuychjou viloyatining Yuan tumanida tug‘ilib o‘sdi. U juda ko‘p kitob o‘qish asnosida Konfutsiy va uning izdoshlari tomonidan bitilgan barcha mumtoz qonunlarni qunt bilan o‘rgandi. Tabiiyot ilmining bilimdoni bo‘lib yetishdi. Chju Si hayotining ko‘p qismini davlat xizmatiga bag‘ishladi. Avval Chjangchjou viloyatining hokimi, so‘ngroq Szyanlin muzofotining hukmdori bo‘ldi. Shuning bilan bir Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling