Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
formulalari mavjud. Xayyom, shuningdek, 11 yoshli shahzodani davolagan hakim
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
formulalari mavjud. Xayyom, shuningdek, 11 yoshli shahzodani davolagan hakim,
Quyosh va Oy tutilishini, ob-havo qanday bo‘lishini avvaldan aytib beruvchi munajjim ham edi. Buxoro hukmdori Umar Xayyom bilan suhbat chog‘ida yuksak hurmat- e’tiborining belgisi sifatida uni doimo o‘z yoniga — taxtga o‘tqazgan. * * * Alloh barcha narsalarni bir yo‘la emas, balki pasayib boruvchi zanjirsimon tartibda yaratgan, — deb yozadi Umar Xayyom. * * * Insonlar va mavjudotlar dunyoga keladilar-u, so‘ng yana qaytib ketadilar. Xo‘sh, ular qaydan keladilar va qayga ketadilar? Hokimi Mutlaq tabiatni yaratib, tartibga soladi-yu, so‘ng nega unga talafot yetkazdi? Agar sabab tabiatning yaroqsizligida bo‘lsa, buning uchun kim aybdor? Agar tabiat yaxshi bo‘lsa, u holda uni vayron qilishning sababi nimada? * * * Umar Xayyom hayoti va taqdiri aks ettirilgan eng ko‘hna qo‘lyozmalarda uning o‘limi bilan bog‘liq qiziq bir ma’lumot bayon etilgan. Bir kuni 83 yoshli Xayyom ibn Sinoning falsafaga oid asarini mutolaa qila turib, paymonasi to‘lganini, o‘limi yaqinligini his etadi. O’sha zahoti mutolaadan to‘xtab, asarning o‘qib bo‘lingan sahifasiga qo‘lidagi oltin tish kavlagichini qo‘yib kitobni yopadi. So‘ng o‘rnidan turib yaqinlariga vasiyatlarini aytadi-da, shu ondan boshlab yeyish-ichishni tark etadi. Shom namozidan so‘ng u sajdaga bosh qo‘yadi-da, Yaratganga shunday iltijo qiladi: «Olloh! Men kuchim yetgancha Seni anglashga harakat qildim. Qanchalar anglaganim sayin Senga yaqinlasha bordim. Kechir meni!» u shu so‘zlarni tugatib, hayotdan ko‘z yumadi. Shoir va olim Umar Xayyom Nishopurdan Marvga olib boradigan yo‘l bo‘yiga, shaftolizor va nokzordan iborat bog‘ga dafn etiladi. Uning qabri hozirgacha saqlanib qolgan. * * * Bor edi kulol do‘koni, kirdim bir gal, Dastgoh boshida ko‘zagar ishlardi jadal. Ko‘rdimki, gado ilkiyu shoh kallasidan Ul ko‘zaga bejirim bo‘yin, dasta yasar... * * * Yoshdir-qaridir, jahonga yuz tutgaylar, Bu nuqtani to ko‘ngilga jo etgaylar. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 118 Hech kimsaga qolmagay abad mulki jahon, Keldik, ketamiz, boz kelib-ketgaylar... * * * Kun o‘tsa kuningdan, sen uni yod etma, Ham kelmagan ul ertaga faryod etma, Bu kelmagan-o‘tgan bila bunyod etma, Xo‘p xayr degil, umrni barbod etma. * * * Asrori azalni sanu man bilmasmiz, Bu harfi chigalni sanu man bilmasmiz, Har nechaki so‘zladik, dedik parda osha, Chu pardaki tushdi, sanu man bilmasmiz... * * * Avlodi bashar bo‘yida jigarpora emish, Shodlik bila g‘am ko‘yida ovora emish, Sen charxga umid bog‘lama, ul charxi falak, Sendan-da g‘arib ermishu bechora emish. * * * Bilgaymisan, ayo, saharlarda xo‘roz, Faryod etarda senga ne so‘ylar roz? Ul derki, ayon bo‘ldi sahar ko‘zgusida Tun o‘tdi umrdan, bexabardirsan boz... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling