Foma 1249-1251 yillarda ustozi Buyuk Albertga ergashib, Kyoln shahriga boradi va u
yerda talabalarga ilohiyotdan saboq beradi. 1252 yilda esa Parijga qaytadi va Parij
dorilfununida yirik ilohiyotchi olim sifatida ish boshlaydi. Oradan ko‘p o‘tmay shogird
ustozdan o‘zib ketadi. Foma Buyuk Albertni yo‘lda qoldirib, o‘z ilmi bilan hammani
hayratga soldi. Dunyoning turli burchaklaridan ko‘plab nasroniy o‘spirinlar uning
huzuriga oqib kela boshlashadi.
O’ta muloyimligi va yuvoshligi uchun Fomaga «Farishta doktor» deb nom berishgan.
Foma 1272 yili Italiyaga jo‘naydi va qadrdon Neapol dorilfununida ilohiyotdan dars
bera boshlaydi. Shunisi hayratlanarliki, bu ilohiyotchi olimning ilmiy asarlari lug‘ati
qariyb 13 000 000 atamadan iborat. Bu raqamning salmog‘ini anglab yetishingiz uchun
mana bu dalillarga diqqat qiling:
— rus tili ilmgohining ma’lumotlariga qaraganda, rus tilida jami 440 000 ta so‘z
mavjud;
— sermahsul ijodkor A.S. Pushkinning asarlarida jami 60 000 ta so‘z ishlatilgan.
Fomaning quyidagi asarlari bizgacha yetib kelgan:
«Tafakkurning yaxlitligi xususida ibn Rushdga qarshi mulohazalar».
«Olamning manguligi haqida vaysaqilarga qarshi mulohazalar».
«Mo‘‘jizalar xususida».
«Ollohning qudrati xususida».
«Farishtalar xususida».
«Iblislar xususida».
«Tabiatning sirli ishlari xususida».
«Arastuning «Metafizika» kitobiga sharh» va hokazo.
Foma 1274 yilning bahorida vafot etdi.
* * *
Shunday odamlar borki, ularni Olloh ham rad etadi.
* * *
Ruh haqida mushohada yuritish uchun jism haqida fikrlayman. Jism mushohadasi orqali alohida bir
xilqat haqida o‘ylayman. Xilqat fikridan maqsad esa Ollohning zikridir.
* * *
Tafakkur yordamida anglash mumkin bo‘lgan Olloh haqidagi haqiqatlarni bilish uchun avvaldanoq
ko‘plab ilm sirlaridan xabardor bo‘lish juda muhimdir. Zero, falsafa ilmiga doir barcha izlanishlar o‘z
oldiga Ollohni anglashni maqsad qilib qo‘ygan.
* * *
Ilohiy haqiqat boshqa har qanday haqiqatning mezonidir... Har qanday asosli haqiqat Tangri
haqiqati bilan o‘lchanmog‘i zarur.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: |