Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
128 * * * Ollohning mavjudligini besh yo‘l bilan isbotlash mumkin. 1. Birinchi va aniq yo‘l — harakat tushunchasi bilan belgilanadi. Modomiki, biror jism harakatlanar ekan, uni boshqa bir jism harakatga keltiradi. Bunday harakat zanjirining nihoyasi yo‘q deguvchilar yanglishadilar. Bu zanjirning intihosi bor. Aks holda harakatni birinchi bo‘lib boshlab berguvchining o‘zi ham va tabiiyki, boshqa hech qanday harakatlantiruvchi kuchlar ham bo‘lmasdi. Shu bois o‘zi harakatsiz qoluvchi va boshqa narsalarni harakatga keltiruvchi kuch sari intilmoq zarur. Bu kuch — Olloh. 2. Ikkinchi yo‘l sabab tushunchasi bilan izohlanadi. Bir narsa ikkinchi bir narsaga sabab bo‘ladi. Bu sabablar zanjirini keltirib chiqaruvchi birinchi sababkorni hammamiz Olloh deb ataymiz. 3. Uchinchi yo‘l imkoniyat va zaruriyat tushunchalari bilan bog‘liqdir. Umumning fikricha, barcha narsalarning zaruriyati sababini o‘zida jo etgan ham Ollohdir. 4. To‘rtinchi yo‘l narsalarning turli darajada ekanligi bilan belgilanadi. Masalan, barcha narsalar ko‘proq yoki kamroq darajada mukammalligi, asosli va samaraliligi bilan bir-biridan farqlanadi. Boshqa munosabatlarda ham shunday holatga duch kelamiz. Biror sifatni o‘zida ziyoda etgan narsa, shu sifatning uchquniga ega bo‘lgan boshqa barcha hodisalarning sababchisi bo‘ladi. Masalan, olov issiqlikning timsoli sifatida har qanday issiqlikning sababchisidir. Xuddi shunga o‘xshash barchamiz uchun ezgulik va mukammallik sababkori bo‘lgan bir Mutlaq Mohiyat borkim, biz uni Olloh deb ataymiz. 5. Beshinchi yo‘l tabiatning tartib-qoidalari bilan izohlanadi. Aql-idrokdan xoli bo‘lgan tabiat jismlari muayyan maqsadga bo‘ysunishidan xabardormiz. Ularning harakatlari doimo yoki aytish mumkinki, aksariyat hollarda ezgulik bilan nihoyalanadi. Shundan kelib chiqadiki, ular bu ezgu maqsadga tasodifan emas, balki Ongli Idrokning hukmi bilan erishadi. Allaqanday Oliy Tafakkur idrokdan mahrum tabiatni o‘qni nishonga yo‘naltirgan mergan kabi boshqaradi. Tabiatda ro‘y beradigan barcha voqea-hodisalarning maqsadini belgilovchi va yo‘naltiruvchi kuchni biz Olloh deb ataymiz. * * * Vaqt va mangulik ayni bir narsa emas. * * * Boetsiyning fikricha, vaqt va mangulik o‘rtasidagi farq shundaki, mangulikning har bir lahzasi yaxlit voqelikdan iborat. Vaqt esa bunday sifatdan mahrumdir. Mangulik — mavjudlik mezoni bo‘lsa, vaqt — harakat mezoni. * * * Vaqtning cheki yo‘q deydilar. Lekin uning ma’lum bir bo‘lagini olib boshlanish va tugash nuqtasini belgilash mumkin. Masalan, biz kun yoki yilning boshlanishi va oxiri haqida gapiramiz. Ammo mangulik haqida bunday deyolmaymiz. U bunday sifatdan xolidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling