Fizika” ta’lim yo’nalishi 3-bosqichi F2 guruh talabasi Jabborov Shuxratbek


Download 55.56 Kb.
bet1/12
Sana16.01.2023
Hajmi55.56 Kb.
#1095384
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KURS ISHI JABBOROV SHUXRATBEK


O'zbekiston Respublikasi
Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
Fizika-matematika fakulteti
FIZIKA” ta’lim yo’nalishi 3-bosqichi F2
guruh talabasi Jabborov Shuxratbekning

KURS ISHI
Mavzu: “Fizikadan miqdoriy masalalar yechish metodikasi ishlab chiqish”
Bajardi: Sh. Jabborov
Ilmiy rahbari: B.Rashidov


Andijon-2022
REJA:
Kirish
I-bob. Miqdor tushunchasini o‘rgatish metodikasi.

1.1. 6-7- sinflarda miqdor tushunchasini o‘rgatishning umumiy metodikasi.


1.2. 6-7- sinf o‘quvchilarini vaqt va uning o‘lchov birliklari bilan tanishtirish metodikasi.
1.3. Uzunlik va uning o‘lchov birliklari.
1.4. Yuza va uning o‘lchov birliklari.
1.5. Hajm (sig‘im) va uning o‘lchov birliklari

II-bob Miqdor tushunchasini o‘rgatishda masalalar yechishning ahamiyati.
2.1. 6-7- sinflarda o‘rganiladigan masalalar va ularni yechish usullari.
2.2. Asosiy miqdorga doir masalalar yechish.
2.3. Miqdorga doir masalalar yechishda ko‘rgazmali qurollarning ahamiyati.
2.4. Miqdorlar mavzusiga oid dars ishlanmalaridan namunalar.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
6-7- sinflar dasturida arifmetik material bilan uzviy bog‘liqlikda turli miqdor o‘rganish nazarda tutiladi. Bularsiz tabiatni, borliq olamni o‘rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli obyektlarning borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor bu narsa yoki xodisaning biror xossasi bo‘lib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shunday xossasi bilan taqqoslash mumkin va ulardan qaysi biri shu xossaga ega ekanligini bilish katta ahamiyatga ega.
Miqdor tushunchasi murakkab tushuncha bo‘lib, boshlang‘ich maktabning vazifasi shuki, u bolalarda miqdorlarni o‘rganishning tushunish usulini tadbiq qilishdir. Natijada bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo‘lishi kerak
Boshlang‘ich maktabda bolalarga uzunlik, yuza, sig‘im, massa, vaqt haqida dastlabki tasavvurlar beriladi. Har bir miqdorni o‘rganish uslubiyotining o‘ziga xos hususiyatlari mavjud bo‘lsada, biroq narsa yoki hodisaning hossalarini o‘rganishga umumiy yondashish miqdorlarni o‘rganishning umumiy uslubiyoti haqida chiniqish imkonini beradi. Bu uslubiyot asosida amaliy usul yotadi. Narsalar bilan ishlash asosida aniq xissiy qabul qilish qobiliyatiga tayanib, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini miqdorlar uchun umumiy bo‘lgan xossalar bilan tanishtirish.
Miqdorlarni o‘rganish bo‘yicha darsni tashkil etish rejasi taxminan quydagi bosqichlardan iborat.

I - bosqich. Narsaning ko‘plab hossalari orasidan o‘rganilayotgan xossani aniqlash. Bu bosqichda o‘rganilayotgan xossalarni taqqoslash usulidan foydalaniladi. Har bir narsa yakkalab qo‘yilmasdan balki boshqa narsalar bilan taqqoslangan holda beriladi.
Dastlab taqqoslanayotgan hossalar orasidagi farq keskin bo‘lishi lozim. Bolalar belgilar orasidagi farqni tushunib olganlaridan so‘ng, farq kamaytirilishi lozim. Masalan, bunday taqqoslaymiz: kitoblar solingan portfel og‘irroqmi yoki daftarmi, dars uzunroqmi yoki tanaffusmi, sinf xonasi ko‘proq joyni egallaydimi yoki sport zalimi ?


II - bosqich. Bir jinsli hossalarni taqqoslash turli usullar bilan o‘tkazish mumkin. Ko‘z bilan ko‘rib xissiy yo‘l bilan, ustiga qo‘yish bilan, turli o‘lchashlar yordamida taqqoslash imkonini beradi


Download 55.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling