Fizika” ta’lim yo’nalishi 3-bosqichi F2 guruh talabasi Jabborov Shuxratbek


II-Bob. Miqdor tushunchasini o‘rgatishda masalalar yechishning ahamiyati


Download 55.56 Kb.
bet9/12
Sana16.01.2023
Hajmi55.56 Kb.
#1095384
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KURS ISHI JABBOROV SHUXRATBEK

II-Bob. Miqdor tushunchasini o‘rgatishda masalalar yechishning ahamiyati

6- sinflarda o‘rganiladigan masalalar va ularni yechish usullari
6- sinflarda o‘rganiladigan masalalar asosan 2 turda bo‘ladi.
1.Sodda masalalar
2.Murakkab masalalar.
Sodda masalalar o‘quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur bo‘ladigan bilimlar malaka va ko‘nikmalarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi. Yyechilish uchun bir nechta o‘zaro bog‘liq ammalarni bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab masalalar deyiladi.
Sodda va murakkab masalalar bolalarnig fikrlash qobilyatini rivojlantirishning foydali vositasi bo‘lib, odatda o‘z ichiga “yashirin informatsiyani oladi. Bolalarni vatanga muhabbat mehnatsevarlik, talabchanlik, erkinlik va maqsadga intilish ruhida tarbiyalashda masalalar yechishning ahamiyati katta.
Masalalar ustida ishlanar ekan sistemali ravishda va rejali asosda o‘quvchilarning xususiy malakalarini takomillashtirishni ham o‘ylab ko‘rish kerak, chunki bunday xususiy malakalardan masala yechishning umumiy murakkab malakasi tarkib topadi.
1. Masalani tinglashni o‘rganish va uni mustaqil o‘qiy olish.
2. Masalani dastlabki analiz qilish.
3. Masalani qisqa yozish malakasi.
4. Sodda masalalarni yechishda amalga asoslab berish rejasini tuzish malakasi.
5. Echshni bajarish, uni o‘qituvchi talabiga mos qilib rasmiylashtirish.
6. Masala yechishni tekshira olish malakasi.
7. Masalalar ustida ishlashda ma’lum sistemali belgilash va uni joriy qilish malakasi.
Ma’lumki no’malumdan, muximni, nomuximdan ajratish, masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidan bog‘lanishlarni ochish bu eng muxim malakalardan biri.
Murakkab masalani yechishda masalani tahlil qilish malakasi asosiy ahamiyatga ega.
Masalalarning sintetik tahlili deyilganda muloxazalarning shunday rivoji tushiniladiki bunda 2 ta son ma’lumotni birlashtirish natijasida bu ma’lumotlardan nimani bilish mumkinligi aniqlanadi.
Masala tahlilining analitik usuli shunday muloxazalar zanjiridan iboratki Masala savoliga javob topish uchun zarur ma’lumotlar tanlanadi, bu ma’lumotlarni boshqa ma’lumotlardan foydalanib topish mumkin. Murakkab masalalarni arifmetik usul bilan yechilishini har xil usulda yozish mumkin.
Kartochkalarda quyidagi topshiriq yozilgan bo‘lishi mumkin.
1. Masalani o‘qib chiqing. Masalada nima haqida gap borayotganini tassavur qiling.
2. Masalada nima ma’lum va nimani topish kerakligini aniqlashtirib oling. Agar masala matnini tushinib olish qiyin bo‘lsa qisqa yozing.
3. Qisqa yozuv bo‘yicha har bir ifoda nimani ko‘rsatishini tushuntiring va masala savolini takrorlang.
4. O‘ylab ko‘ring. Masala savoliga birdaniga javob berish mumkinmi?. Oldin nimani, keyin nimani bilish mumkin?. Reja tuzing.
5. Yechishni bajaring va javobini yozing.
6. O‘z echimingizni to‘g‘riligini tekshirib ko‘ring.
7. O‘zingga qiziqarli savollar bering va javob bering.
Ilg‘or o‘qituvchilar ishlarida o‘quvchilani mustaqil masalalar yechishga o‘rgatishning bir qancha bosqichini ajratish mumkin.
1-bosqich: masala o‘qituvchining yo‘naltiruvchi savollari bo‘yicha yechiladi. Yechish doskada va daftarlarda bir vaqtda bajariladi.
2 – bosqich: O‘qituvchi rahbarligida masala faqat analiz qilinadi va yechish rejasi tuziladi. Masala mustaqil sinfda yoki uyda yechiladi.
3 – bosqich: Masalani o‘qituvchining yordamisiz mustaqil yechish.


Download 55.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling