haqda Petrarkaning o‘zi shunday deb yozadi: «Sitseronning so‘zlaridagi ohangdorlik va
jarangdorlik meni o‘ziga shu qadar maftun etgandiki, undan o‘zga o‘qigan va
eshitganlarimning hammasi qo‘pol va kelishimsizdek tuyulardi».
1326-1330 yillarda Petrarka Monpele va Bolon dorilfununining huquqshunoslik
kulliyotida saboq oladi. U Bolon dorilfununida akasi Gerardo bilan birga o‘qiydi.
Petrarka 1326 yilda ruhoniylikni qabul qiladi.
1330 yilda esa kardinal Jovanni Kolonn xizmatiga kiradi va 1337 yili ilk bor Rimga
safar qiladi. 1341 yilda u Kapitoliyaning birinchi shoiri degan unvonga sazovor bo‘ladi.
Petrarka Jovanni Bokkachcho (1313-1375) va Kolyuchcho Salyutati (1331-1406) kabi
iqtidorli ijodkorlar bilan do‘stlashgan.
O’z o‘limini «ibodat yoki ijod damlarida qarshi olishni» orzu qilgan faylasuf 1374
yilning 19 iyuliga o‘tar kechasi — 70 yillik tavalludiga bir kun qolganda vafot etadi.
Petrarkaning quyidagi asarlari ma’lum:
«Filologiya» (komediya, 1326-1336 yillarda
yozilgan), «Kantsonere» (she’r va qo‘shiqlar, 1336-1358 y), «Mashhur kishilar haqida»
(1338-1358 y.), «Afrika» (1342-1343 y.), «She’riy nomalar» (1350-1352 y.)
va hokazo.
* * *
Har bir odamning shaxsiy tashvishi o‘ziga yetib ortadi. Nahotki sen boshingga tushgan
ko‘rguliklarga boshqa hech kim duchor bo‘lmaydi, deb o‘ylasang. Yanglishasan. Deyarli hech kim
tashvishlarni chetlab o‘tolmaydi. Kimning asari yoki jasorati ko‘zi ochiqligida yuzaga chiqibdi? Inson
o‘limidan so‘ng shuhrat qozonadi. Buning sababini bilasanmi? Chunki hasad uning jismi bilan birga
yashaydi va birga o‘ladi.
* * *
Sen avval bir razm solgin-a, hammaning og‘ziga tushgan, maqtalgan asarlar kimga tegishli?
Bunday asarlarning mualliflari allaqachon bu dunyoni tark etishgan. Sening asarlaringni ham
maqtashlarini istaysanmi? Dunyoni tark et! Zero, insonning o‘limidan so‘ng unga moyillik uyg‘onadi.
Umrning intihosi shuhratning ibtidosidir. Bordi-yu, inson ko‘zi ochiqligida shuhrat qozonsa, bilgilki, bu
yerda qandaydir g‘ayriodatiylik zohirdir. Yana bir gap aytaman: toki olamda seni taniguvchi bir shaxs
qolsa ham o‘z maqsadingga to‘la erisholmaysan. Seni bilguvchilar ham qabrga kirib, ularning o‘rniga
nafrat va adovatdan xoli odamlar kelgandan keyingina adolatli ajrim bo‘ladi. Ungacha mayli, davr
ustimizdan istagancha hukm chiqaraversin.
* * *
Tan olib aytishim joizki, meni aynan bir odamning intilishlari orasidagi o‘zaro nizo hayratga soladi!
To‘g‘ri-da, qay birimiz yozda ham, qishda ham aynan bir narsani istaymiz? Yo‘q, fikrimni tugal
aytolmadim: qay birimizning bugungi va ertangi xohishlarimiz bir-biriga mos keladi, qay birimiz
oqshomda ham tonggi istaklar bilan yashaymiz? Kun soatlarga, soatlar esa daqiqalarga bo‘linadi.
Insonning xohish-istaklari ana shu daqiqalardan ham ko‘pdir. Men ana shu narsadan juda
hayratlanaman. Odamlarning bundan ajablanmasligi esa meni yana ham hayratlantiradi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: |