Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
140 * * * Tabiatda hech narsa foydasiz emas. Hatto foydasizlikning o‘zi ham foydalidir. * * * Inson qolgan barcha tirik mavjudotlardan baland ham, tuban ham emas. * * * Mo‘‘jiza bizning tabiat borasidagi bilimlarimiz yetarli emasligi tufayli kelib chiqadi. U tabiatga xos sifat emas. * * * Haqiqat haqida o‘zganing shohidligi yoki boshqa bir odamning nufuziga qarab fikrlash nojoizdir. * * * Men o‘zimga qarshi chiqishim mumkin, lekin hech qachon haqiqatga qarshi borolmayman. * * * Har qanday bilim tuyg‘ularimiz orqali egallanadi. Biz tuyg‘ular izmidamiz. Ilm tuyg‘udan boshlanadi va u bilan tugaydi. * * * Inson aslida kim bo‘lsa o‘shadir: u o‘z tajribasi doirasidagina fikr yurita oladi; harchand urinmasin, faqat o‘z qalbinigina bila oladi. * * * Ilmga moyillikdan ko‘ra tabiiyroq intilish bo‘lmaydi. Idrok ojizlik qilgach, undan ko‘ra kuchsizroq vosita — tajribaga suyanamiz. Lekin haqiqat shunday ulug‘ narsaki, unga yetishish yo‘lida hech qanday vositaga suyanmaslik joiz. * * * Biz otni egar-jabdug‘i emas, kuchi va chopqirligi uchun maqtaymiz. Nima uchun bir odamga baho berishda ham shunday yo‘l tutmaymiz? U boy-badavlat bo‘lishi, hashamatli uyda yashashi, katta daromad va obro‘-e’tibor sohibi bo‘lishi mumkin. Lekin bularning barchasi uning zohirinigina o‘rab olgan narsalardir. Uning botinida nima bor? Mushukni qopi bilan sotib olmaysiz, to‘g‘rimi? Yoki ot sotib olayotganingizda, albatta, uning ustidagi aslaha-anjomni olib tashlab, tabiiy holatiga nazar tashlaysiz. Nima uchun odamga baho berishda uni o‘rab turuvchi tashqi ziynatlarni mustasno etmaysiz? * * * ...O’zini o‘zi anglayolmagan bu odamlarning Nil daryosidagi ko‘tarilish va qaytish sabablari haqidagi fikrlariga qanday qilib ishonay? * * * Agar menga ikkinchi bor yashash imkoniyati berilsa, avval qanday yashagan bo‘lsam, yana shunday yashagan bo‘lardim. Men o‘tgan umrimga achinmayman va kelajakdan qo‘rqmayman. * * * Donishmandlikning eng muhim belgisi — doimiy xotirjamlik. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 141 * * * Ixtiyorni o‘zda saqlab qolmoqlik — dunyodagi eng ulug‘ ne’mat. * * * Odamlar o‘zlari yaxshi bilmaydigan narsalarga boshqa narsalardan ko‘ra ko‘proq ishonadilar. * * * Kim nima desa desin-u, ammo hatto ezgulikning zamirida ham huzurlanish yotadi. * * * Hayot ezgulik ham, yovuzlik ham emas. U ezgulik va yovuzlikni ichiga oluvchi bir ombordir. Uni yo ezgulik, yo yovuzlik omboriga aylantiradilar. * * * Qo‘rqoqlik — shafqatsizlikning onasi. * * * Noo‘rin go‘zallik o‘z qadrini yo‘qotadi. * * * Kimnidir tasvirlashga har qancha urinmaylik, baribir, doimo o‘z-o‘zimizni aks ettiramiz. * * * O’zini o‘z tabiiy mohiyatida munosib namoyon qilmoq komillik belgisi va deyarli ilohiy sifat belgisidir. Biz odatda o‘zligimizdan qochib, boshqacha odam bo‘lishga intilamiz va aslida nimalarga qodirligimizni bilolmay o‘tib ketamiz. * * * Hech kim bor pulini o‘zgalarga ulashib bermaydi. Lekin har bir odam vaqti va hayotini atrofidagilarga bo‘lishib beradi. Biz shu qadar isrof qiladigan, biroq xasislik qilsak shunchalar foydali va maqtovga munosib bo‘lgan boshqa hech narsa yo‘q. Yo‘llarning mingtasi maqsaddan uzoqlashtiradi, faqat bittasi maqsadga yetkazadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling