O’zbekiston 2050-yilda


Download 17.18 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi17.18 Kb.
#1345133
  1   2   3
Bog'liq
O’zbekiston 2050-yilda


O’zbekiston 2050-yilda
Ekoturlar, ekoparvozlar, ekomehmonxonalar, ekoko‘ngilochar maskanlar - borgan sari ko‘proq odamlar "eko" old qo‘shimchasi qo‘shilgan sayohatlarni afzal ko‘rishmoqda. Siz xorijdagi hashamatli mehmonxona yoki shinamgina uyda dam olasiz, shu bilan birga bolalarni mahalliy maktabda ingliz tiliga o‘qitasiz, fillarni parvarish qilasiz yoki meva fermasida nok terishga yordamlashasiz.
Barcha tabiiy narsalar qimmatlashmoqda, borgan sari ularning qadri oshmoqda, tabiat va an'analar saqlanib qolgan yer uchastkalari esa diqqatga sazovor joylarga aylanmoqda.
Uzoq yashaymiz

Tibbiy texnologiyalar asta-sekinlik bilan mutlaqo yangi darajaga ko‘tarilmoqda. Biz gadjyetlar yordamida puls va qand miqdorini o‘lchaymiz, shuningdek o‘z salomatligimizga oid ko‘rsatkichlarni smartfon ekranida ko‘rishimiz mumkin. Plastik operatsiyalarga bo‘lgan talab kamaymoqda, barcha amaliyotlar oddiy va deyarli og‘riqsiz inʼeksiyalar yordamida bajarilmoqda.


Vahima soluvchi tibbiy uskunalar asta-sekinlik bilan gadjyetlar hajmigacha ixchamlashmoqda, funksiyalar soni esa o‘smoqda. Organizmni to‘liq tashxisdan o‘tkazish uchun shifokorga borish va bir talay tahlillar topshirishga hojat qolmaydi, mobil qurilmaning o‘zi yetarli bo‘ladi.
Har qanday predmetni chop etish mumkin bo‘ladi
Mashinalar detallari, musiqiy asboblar, mebel va hatto zamonaviy liboslar kolleksiyasi - 3D-printer ixtiro qilingandan beri unda nimalarni chop etishmadi deysiz. Masalan, Janubiy Kaliforniyada elektr energiyasi va suv ta'minoti bo‘lgan butun boshli uyni chop etishga qodir gigant printer mavjud.
Chop etiluvchi qurilish to‘liq yo‘lga qo‘yilgan va kelajakda istagan kishi uning yordamida o‘zi uchun dala hovli, mashina yoki qayiq yasab olishi mumkin. Buning uchun internetdan andoza yuklab olishning o‘zi kifoya qiladi.
Virtual reallik o‘quv darsliklari o‘rnini egallaydi

Siz tarixiy hodisaning markazida bo‘lishingiz, Katta portlashni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz yoki uydan chiqmay turib, boshqa mamlakatdagi universitet leksiyasini tinglashingiz mumkin bo‘ladi. Virtual reallik katta tezlik bilan rivojlanadi va kelajakda ta'lim sohasida qo‘llanadi.

Hissiyotlarga to‘la haqiqiy sayohat o‘rnini hech narsa bosa olmaydi, albatta. Biroq kun davomida bo‘sh vaqt topilib qolsa, nima uchun, masalan, Buyuk Britaniya yo‘llari bo‘ylab veloturga qo‘shilmaslik yoki Luvrdagi galereyaga tashrif buyurmaslik kerak?


Download 17.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling