Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
132 * * * Men o‘zim ishonch hosil qilgan bir narsaga seni ham ishontirishga urinib ko‘rmoqchiman: sen pok kishi qanday harakat qilsa, shunday yo‘l tut. Zero, hatto chirkinlik dushmani bo‘lgan pokiza jonivorlar ham uyasidan chiqqanda atrof bulg‘anganini sezsa, darhol boshpanasiga biqinib oladi. Gar bu zamin uzra bir farog‘at va yupanch topolmasang, o‘zingga qayt. O’z-o‘zing bilan bo‘l, o‘zing bilan fikrlash va hamsuhbat bo‘l, yolg‘izlikdan, o‘zing bilan tanho qolishdan sira cho‘chima. Agar o‘zing bilan o‘zing bo‘lolmasang, odamlar orasida ham yolg‘izligingcha qolasan. * * * Inson toki tirik ekan, yoshidan qat’i nazar, fikrlash va hukm chiqarishga qodirdir. Uning umr yo‘lida ezgulik va illatlarga ham, shon-shuhrat va sharmandalikka ham joy topiladi. Odatda kuz oyining yoqimli va barakali bo‘lishi uchun yozda mehnat qilib uning g‘amini yeyish kerak. Xuddi shunga o‘xshab, umr shomi — keksalik hayotning tussiz, mevasiz, hasratli va befoyda qismiga aylanib qolmasligi uchun yoshlikda tinimsiz mehnat bilan uning poydevorini mustahkamlash zarur. Ana shunda keksalik osoyishtalik, mo‘l-ko‘lchilik va ezgulikdan kuch oladi, foydali va quvonchli o‘tadi. * * * Biz to‘xtovsiz ravishda o‘lim tomon yaqinlashib boramiz deylik, men ushbuni yozayotganimda, sen o‘qiyotganingda, o‘zgalar tinglayotganda yoki tinglamasa ham o‘limga qarab boraveradi. Sen ushbuni o‘qiyotganingda men ham o‘lim tomon ketaveraman. Shu yo‘sinda hamma to‘xtovsiz ravishda o‘limga tomon harakatlanaveradi. Biz bu foniy dunyoda yashar ekanmiz, o‘lim sari tinimsiz qadam tashlayveramiz. Bu harakat ezgu ishlarimiz bilan chin dunyo — hech kim o‘lmaydigan, hamma mangu yashaydigan, hech qanday o‘zgarishlar sezilmaydigan, saodatli onlar tugab qolishidan cho‘chimay, hayot kechirish mumkin bo‘lgan olam tomon yo‘l qurib bitirgunimizcha davom etadi. * * * Haddan ortiq tirishish muvaffaqiyatlar yo‘lini to‘sadi. Irodaning haddan oshiq zo‘riqishi esa ishga xalaqit beradi. * * * Har qanday odam o‘zini o‘zgalardan osonroq kechiradi va aksincha, boshqalarni o‘zidan ko‘ra tezroq ovutadi. * * * Insonning ko‘ngli doimo bir xil taom tusamaydi. Bas, shunday ekan, aql ham mudom bir tarzda oziqlanavermasligi joiz. * * * Odatda yovuzlik ezgulikdan, dahshatli to‘fon charog‘on kundan ko‘ra ko‘proq yodda qoladi. * * * Tabiat bugungi kunga va kelajakka ishonch tug‘dirish uchun hayot intihosini noma’lumlik pardasi ostiga yashirdi. * * * Inson ayanchli ahvoldan qutulishni chin dildan istasa, albatta, maqsadiga erishadi. * * * Inson ruhiy kuch-quvvat yordamida erisholmagan narsasiga ba’zan or-nomus kuchi ko‘magida Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 133 erishadi. * * * Kaltafahm va johil kimsalar deyarli hamma ishni yashirincha bajaradilar. * * * Kamyoblik har bir narsaning qadrini oshiradi. Agar har bir qarich yerda dur uchrasa ham oyoq ostida toptalishi turgan gap. Kamyoblik tufayli eng oddiy narsalar ham qimmatbaho xazinaga aylangan. Masalan, Liviya cho‘llarida tashnalikda azob chekkan odamlar Rum sarkardasining kaftidagi ozgina suvga ham hasad bilan qarashgan. * * * Maqsadim — qashshoqlikka yuz tutmay, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymay, o‘zgalarga buyruq bermay, birovlarga tobe bo‘lmay yashash. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling