aylanishi, Quyoshning esa tinch turishi) rad etdilar. Rim papasi Galiley ustidan sud olib
borish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Yoshi 70 ni qoralab qolgan xasta Galileyni Rimga
keltirib, zo‘rlik bilan sayyoralar olamiga oid fikrlaridan voz kechishga majbur qiladilar.
Sud tugagandan keyin Galiley Florentsiyaga qaytadi va reaktsion ruhoniylarning
ta’qibiga qaramay, ilmiy tadqiqotlarini davom ettiradi.
Olim 1642 yili shogirdlari Viviani va Torricheli qo‘lida jon beradi. Katolik cherkovi 1971
yilga kelibgina Galiley ustidan chiqarilgan ayblov hukmini bekor qildi.
* * *
Koinotning chegarasi bor-yo‘qligi masalasi hanuzgacha yechilmay qolayapti. Menimcha, insoniyat
hech qachon buning tagiga yetolmaydi.
* * *
Men katta masalalar xususida uzoq bahslashib, hech narsaga erisholmagandan ko‘ra, arzimas
narsalarga oid kichik bir haqiqatni kashf etishni afzal ko‘raman.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
150
YAKOV BYOMYE
(1575-1624)
Olmon faylasufi Yakov Byome Saksoniyada kambag‘al dehqon oilasida tug‘ildi. Byome
ulg‘aygach, otasi uni etikdo‘zga shogirdlikka beradi. U buyuk faylasuflar asarlarini
mustaqil ravishda mutolaa qiladi.
Yakov Byome bolaligida bir sirli hodisaga duch kelgan… Bir kuni u birga poda
boqadigan o‘rtoqlaridan qochib, toqqa chiqib ketadi va uning cho‘qqisida joylashgan
g‘orga olib kiradigan yo‘lakka ro‘para bo‘ladi. Byome qiziqsinib, g‘or ichiga kiradi va u
yerda oltin bilan limmo-lim katta idishga ko‘zi tushadi. Bolakay esankirab qoladi va
qo‘rqqanidan orqasiga qaramay g‘ordan qochib chiqadi. Shundan so‘ng Byome bu
g‘orning og‘zi ochilganini qaytib ko‘rmaydi…
Do'stlaringiz bilan baham: |