Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


qilinadi. Sud Bekonga 40 ming funt-sterling jarima solish va Tauer qal’asiga bandi etish


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/184
Sana08.07.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1659214
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   184
Bog'liq
96 faylasuf

qilinadi. Sud Bekonga 40 ming funt-sterling jarima solish va Tauer qal’asiga bandi etish 
haqida hukm chiqaradi. To‘g‘ri, ikki kundan so‘ng bu hukmning ayrim bandlari bekor 
qilingan bo‘lsa-da, ammo Bekonning davlat arbobi sifatidagi faoliyati butkul barham 
topadi. Lordlar palatasining hukmiga muvofiq u qirol saroyiga yaqinlashmaslik va 12 mil 
uzoqlikda yashashga mahkum etiladi. 
Faylasuf hayotining so‘nggi yillarini betoblik va qashshoqlikda o‘tkazadi. 1626 yilning 
bahorida u tovuq go‘shti qor ostida qanday saqlanishini sinab ko‘rish uchun uni qo‘llari 
bilan qorga ko‘madi va shu bahona bo‘lib, qattiq shamollaydi. Bir necha hafta xastalanib 
yotgach, vafot etadi. 
 
* * * 
Yuzaki faylasuflik inson aqlini xudosizlik sari yetaklaydi. Falsafani chuqur o‘rganish esa odamlar 
idrokini dinga yo‘naltiradi.
* * * 
Men odamlarni ilm-fanning asl maqsadini yodda saqlashga chaqiraman. Toki ular ilm-fan bilan o‘z 
mansablari, ilmiy bahslar, o‘zgalarni mensimaslik, shon-shuhrat, shaxsiy manfaatlari yoki boshqa 
tuban maqsadlar uchun emas, balki bu bilimlardan hayotga foyda va manfaat yetishi uchun 
shug‘ullansinlar.
* * * 
Xudoni inkor etuvchi odam inson zotidagi ezgulikni ham inkor etadi.
* * * 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
146
Garchi biz yerda yashab, samoga ko‘z tiksak-da, ruhimiz jism qo‘rg‘oniga bandidir. Shu bois bandi 
ruh hisobsiz aldamchi va yolg‘on timsollarni qabul qilishga mahkum. 
* * * 
Empiriklar (hissiy idrokni, tajribani bilimning birdan-bir manbai deb biladigan falsafiy ta’limot 
namoyandalari) chumoliga o‘xshab faqat manba to‘plash bilan ovora bo‘ladilar va shu to‘plamlardan 
foydalanadilar. Aqidaparastlarning (mohiyati tekshirilmay-netmay qabul qilinaveradigan qoidalarga 
ko‘r-ko‘rona ishonuvchilarning) harakati esa o‘rgimchakni eslatadi. Ular o‘zlari uchun to‘r yasaydilar. 
Asalari esa boshqacha yo‘l tanlaydi. U bog‘ va dalalardagi gullardan bol yig‘adi. To‘plagan bolini u 
uquvi va maqsadiga moslab qayta ishlaydi. Haqiqiy falsafaning mohiyati ham shunday bo‘lmog‘i 
darkor. 
* * * 
Tabiatni faqat uning qonunlariga bo‘ysunish yo‘li bilangina yengish mumkin. 
* * * 
Bir narsaning asl mohiyatini bilish uning sababini bilish demakdir. 
* * * 
Inson – tabiatning xizmatkori va sharhlovchisi. 
* * * 
Moddiyat tinim bilmaydi, u mangu harakatdadir. 
* * * 
Tasodif ba’zan kashfiyotlarni maydonga keltiradi. Ammo shu tasodifning yuzaga chiqishi yillarni 
emas, hatto asrlarni talab etadi. 
* * * 
Fikr olamning chegarasi va nihoyasini qamrab olishdan ojiz bo‘lsa-da, lekin doimo zaruriyat 
tug‘ilganda juda uzoqni ko‘ra oladi. 
* * * 
Ohanraboning sehrli xossasi yordamida tafakkurning mohiyatini ochib berish mumkin. Ohanrabo 
behisob ignalarni o‘ziga tortib oladi-yu, sira kuchi kamaymaydi. 
* * * 
Tajriba – haqiqat garovi. 
* * * 
Odatda mayda va arzimas narsalar katta narsalar haqida ko‘proq bilim beradi. Yirik narsalar esa 
aksincha, kichik narsalar haqida tasavvur berishga ojizlik qilib qoladi.
* * * 
Ko‘nglini yoruvchi do‘sti bo‘lmagan odam o‘z yuragining kushandasidir. 
* * * 
Faqat nafrat va qo‘rquvgina zo‘ravonlik qilishga majbur etadi. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling