Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
yondashuvi tufayli bu fikr har gal yangicha va hayratlanarli bir tarzda talqin etilgan
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
yondashuvi tufayli bu fikr har gal yangicha va hayratlanarli bir tarzda talqin etilgan.
Ushbu kitobni zo‘r ishtiyoq bilan o‘qib chiqdim. U odamlarni nafaqat o‘ylashga, balki o‘z fikrini aniq, jonli, lo‘nda va nafis tarzda ifodalashga o‘rgatadi. Uyg‘onish davridan buyon Laroshfukodan boshqa hech kim buning uddasidan chiqolmagan». * * * Olamga taqdir va injiqlik hukmronlik qiladi. * * * Falsafa o‘tmish va kelajak g‘am-tashvishlari ustidan g‘alaba nashidasini suradi. Hozirdagi qayg‘u- kulfatlar esa falsafa ustidan zafar qozonadi. * * * Na Quyoshga, na o‘limga tik qarab bo‘lmas. * * * Salomatlik tana uchun qanchalar muhim bo‘lsa, ruh uchun donolik shunchalar zarurdir. * * * Ba’zan aql bizga dadillik bilan nodonlikka qo‘l urish uchun xizmat qiladi. * * * Asl notiqlik barcha kerakli narsalarni me’yori bilan ayta olish san’atidir. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 161 * * * Gunoh ishga qo‘l urgan kishiga nasihat qilishga undovchi narsa bizdagi ezgulik emas, manmanlikdir. Biz aybdorni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun emas, balki o‘zimizning gunohsizligimizga boshqalarni ishontirish uchun va’zxonlik qilamiz. * * * Shodlanish va qayg‘urish darajasi sodir bo‘lgan voqeaning ko‘lamiga emas, balki bizning ta’sirchanligimizga bog‘liqdir. * * * Mayda ishlarni o‘ta tirishqoqlik bilan amalga oshiruvchilar ko‘pincha buyuk ishlarga qodir bo‘lolmaydilar. * * * Hamma xotirasidan noliydi-yu, lekin hech kim aqlidan nolimaydi. * * * Sevgiga aniq ta’rif berib bo‘lmaydi. Sevgi qalb uchun hokimlik qilish istagi, aql uchun ichki o‘xshashlikka intilish istagi, tana uchun esa egalikka intiluvchi nozik va pinhoniy istakdir. * * * Keksalikda tashqi qiyofadagi qusurlar bilinib qolgani kabi aqliy noqislik ham oshkor bo‘ladi. * * * Odamlar ko‘pincha gunohlarini jazosiz qoldirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun yaxshilik qiladilar. * * * Mevalarning yetilish vaqti bo‘lgani kabi, insoniy fazilatlarning ham kamolga yetish fursati mavjud. * * * Dorilar tarkibida zahar bo‘lgani kabi, ezgulikka ham qusur aralashishi mumkin. * * * Ko‘pgina odamlardagi adolatsevarlik adolatsizlikka ro‘para bo‘lishdan cho‘chish belgisi hisoblanadi. * * * Buyuk odamlarning uzoq muddatli musibatlarga dosh berolmay bukilib qolishi, ularga ruhiy kuch- qudrat emas, balki izzat-nafs tayanch bo‘lganidan darak beradi. * * * Qahramonlar o‘zlarining o‘ta shuhratparastligi bilan oddiy odamlardan farq qiladi. * * * Har qanday odamga va amallarga muayyan masofadan turib nazar solmoq joiz. Chunki ba’zi odamlarni yaqindan qarab tushunish mumkin bo‘lsa, boshqalarni faqat uzoqroqdan razm tashlab anglash mumkin. * * * |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling