Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
mulohazalar»
va boshqalar. * * * Muhtojlik qanchalik og‘ir bo‘lsa, qonunlar yordamida davlatmandlikni ham shunday og‘ir yukka aylantirmoq joiz. * * * Mustabid tuzumni idora etuvchi hukmdor bir vaqtning o‘zida qul hamdir. * * * Asriy tarixiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, hokimiyatga ega bo‘lgan har qanday odam mansabini suiiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u to maqsadiga erishmaguncha shu yo‘ldan ketaveradi. * * * Siyosiy erkinlik xohlagancha ish tutish degani emas. Erkinlik qonun yo‘l qo‘ygan har qanday ishni bajarish huquqi bilan belgilanadi. Agar fuqaro qonunda taqiqlangan ishga qo‘l ursa, erkinlikdan mahrum bo‘ladi. * * * Orolda yashovchi odamlar qit’ada istiqomat qiluvchilarga nisbatan ko‘proq erkinlikka moyil bo‘ladilar. * * * Har bir davlatda uchta hokimiyat mavjuddir: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati. * * * Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 175 Bordi-yu, sud hokimiyati qonun chiqarish bilan mashg‘ul bo‘lsa, fuqarolarning huquqlari toptaladi. * * * Agar sud hokimiyati ijro hokimiyati bilan birlashsa, u holda sud hakami sitamgarga aylanishiga imkoniyat tug‘iladi. * * * Agar ijro hokimiyati qonun chiqaruvchi yig‘inni tarqatish huquqiga ega bo‘lmasa, u holda qonun chiqaruvchi hokimiyat hokimi mutlaqqa aylanib, qolgan barcha hokimiyatlarni yo‘q qiladi. * * * Qonun chiqaruvchi hokimiyat ijro hokimiyatining faoliyatini cheklash huquqiga ega bo‘lmasligi mumkin. Chunki o‘z tabiatiga ko‘ra cheklangan narsani yana cheklashdan ne hojat? Bundan tashqari ijro hokimiyatining faoliyati tez hal qilinishi kerak bo‘lgan ishlarga qaratilgan bo‘ladi. * * * Shaxs va fuqaro erkinligi hamma vaqt ham bir-biriga mos kelavermaydi. * * * Har qanday ulug‘vorlik, kuch-qudrat va hokimiyat nisbiydir. * * * Me’yoridan ortiq tafakkur har qachon ham qo‘l kelavermaydi. Chunki odamlar deyarli hamma vaqt o‘rtamiyonalikka tezroq moslashadilar. * * * Dinning qudrati unga bo‘lgan ishonch bilan belgilansa, qonunning kuchi unga nisbatan yuzaga keladigan qo‘rquv bilan belgilanadi. Qadimiylik din uchun qulaylik tug‘diradi. Chunki e’tiqodning darajasi uning manbai bizdan qanchalik uzoq ekanligiga bog‘liq. Bizning aqlimiz e’tiqodimizga qarshi turuvchi uzoq o‘tmishdagi turli qarashlar ta’siridan ozoddir. Qonunlar esa aksincha: qancha yangi bo‘lsa, shuncha ustundir. Yangi qonun, qonun chiqaruvchining uning ijrosiga qaratilgan alohida, jonli e’tiborini ifodalaydi. * * * Luiziana yovvoyilari avval daraxtni kesib, so‘ng uning mevasini terib yeydilar. Mustabid tuzumning mohiyatini ham shunga o‘xshatish mumkin. * * * Burgundiya qiroli Gundobad o‘g‘rining xotini yoki farzandi uning qilmishlari haqida hukumatga xabar qilishi shartligi, aks holda, har ikkisi ham qullikka mahkum etilishi to‘g‘risida qonun chiqardi. Lekin bu qonun tabiatga zid edi. Xotin o‘z erining qoralovchisi bo‘lishi mumkinmi? O’g‘il otasini qanday qilib sotadi? Qirol shu tariqa bir jinoiy harakatni jazolash uchun undan ham og‘irroq ikkinchi bir jinoyatga yo‘l ochib berdi. * * * Bolalarda Vatanga muhabbat uyg‘otishning eng yaxshi vositasi otalarning Vatanni sevishlaridir. * * * Mualliflar aktyorlardir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling