www.ziyouz.com кутубхонаси
174
MONTESKYO (Sharl-Lui Sekonda)
(1689-1755)
Farangistonlik faylasuf Sharl-Lui Sekonda Monteskyo obro‘li oqsuyaklar xonadonida
dunyoga keldi. Uning otasi aslida unchalik badavlat bo‘lmasa-da, omadi chopib, tagli-
tugli, davlatmand xonadonning qiziga uylangandi. Monteskyoning onasi asli ingliz
millatiga mansub bo‘lib, juda aqlli, taqvodor va mistikaga moyil ayol edi. U Sharl-Lui 7
yoshga to‘lganda vafot etadi.
Sharl-Lui 10 yoshidan boshlab Jyuli shahridagi ibodatxonada ochilgan kollejda o‘qiy
boshlaydi. Monteskyo bu yerda mumtoz adabiyot, falsafadan tahsil oladi. O’qishni
tugatgach, otasi yashaydigan La-Bru qal’asiga qaytadi va mustaqil ravishda huquq ilmini
o‘rganishga kirishadi.
Sharl-Lui Sekondaga befarzand amakisidan katta meros qoladi. Shundan so‘ng olim
amakisining familiyasini qabul qiladi va uni Monteskyo deb atay boshlashadi.
Uning jahon huquqshunoslik va qonunshunoslik ilmiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. U
o‘zining mashhur «Qonunlar ruhi haqida» nomli ilmiy-tadqiqiy asari uchun manbalar
yig‘ish maqsadida butun Ovro‘po va Angliyani kezib chiqadi. U Angliya parlamentining
qariyb 12 soatga cho‘zilgan yig‘ilishida qatnashib, hukumat bilan unga muxolifat bo‘lgan
guruh o‘rtasidagi munozaralarning guvohi bo‘ladi. Angliya safari Monteskyoda
hokimiyatning bo‘linishi haqidagi nazariyaning shakllanishiga olib keladi. Monteskyo
qattiq shamollab, 1755 yilning 10 fevralida vafot etdi.
Sharl-Lui Monteskyoning quyidagi asarlari ma’lum:
«Sulla va Evkrat», «Rimliklarning
ulug‘vorligi va tushkunligi sabablari to‘g‘risida mulohazalar» (1734 y.), «Qonunlar ruhi
haqida», «Insonning vazifalari haqida umumiy mulohazalar», «G’oyalar tizimi haqida
Do'stlaringiz bilan baham: |