Mahmudxo‘ja behbudiy-yangilik jarchisi
Download 14.7 Kb.
|
Mahmudxo\'ja Behbudiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY-YANGILIK JARCHISI Jadidchilik harakatining sardorlaridan biri bo‘lgan Maxmudxo‘ja Behbudiy 1875 yilning 19-yanvarida Samarqand shahri yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida ulamo oilasida tavallud topgan. Otasi Behbudxo‘ja Solihxo'ja o‘g‘li asli Turkiston shahridan, Ahmad Yassaviy avlodlaridandir. Onasi ham samarqandlik emas. Uning bobosi Niyozxo‘ja urganchlik bo‘lib, XIX asrning ikkinchi yarmida Samarqandga ko‘chib kelgan. Maxmudxo‘ja o‘n to‘qqiz yoshida otasidan yetim qolib, tog'asi Muxammad Siddiqning qo‘lida tarbiya ko‘rgan. Arab tilini kichik tog‘asi Odildan o‘rganganligi sababli o'n sakkiz yoshidan e’tiboran qozixonada mirzalik qila boshladi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Mahmudxo‘ja dastlab Samarqand, so‘ngra Buxoro madrasalarida tahsil ko‘rgan. Ayni paytda xususiy mutolaa bilan shug‘ullanib, dunyoqarashining kengayishiga erishgan. Shu yillarda u Ismoil Gaspralining «Tarjimoni va boshqa taraqqiyparvarlik g‘oyalarini targ'ib qiluvchi gazeta va jurnallarni kuzatib borgan. 1899-1900 yillari buxorolik do‘sti Hoji Baqo bilan xaj safarida bo‘lgan. Behbudiyning sakkiz oylik safari bejiz ketmadi. Bir tomondan, jadid gazetalari va ikkinchi tomondan, Kavkaz, Turkiya va Misrda ko‘rgan o‘quv muassasalari ta'sirida u 1903-yili Samarqand atrofidagi Halvoyi va Rajab amin qishloqlariga borib, o‘sha yerlik ma’rifat ahli bilan hamkorlikda usuli jadid maktablarini ochdi va ular uchun «Risolai asbobi savod» (1904), «Risolai jug'rofiyai umroniy» (1905), «Risolai jug'rofiyai Rusiy» (1905), «Kitob at ul-atfol» (1908), «Amaliyoti islom» (1908) va «Tarixi islom» (1909) singari kitoblarni yaratdi. Bexbudiy siyosiy-ijtimoiy qarashlarining shakllanishida sayohat katta rol o‘ynadi. Mahmudxo'ja Behbudiy 1903-1904-yillarda Moskva, Peterburgga boradi, 1906-yilda Qozon, Ufa, Nijniy Novgorodda boʻladi. Bular sayohat emas, xizmat safari edi. Masalan, Nijniy Novgorodda 1906-yilning 23-avgustida Rossiya musulmonlarining turmush va madaniyati muammolariga bag'ishlangan qurultoy chaqiriladi. Behbudiy ushbu soyezdda Turkistonlik vakillarning boshlig'i sifatida qatnashdi va Turkistondagi vaziyat va musulmonlar ahvoli borasida katta nutq so'zlaydi. 25 kunga cho'zilgan bu safar haqida Behbudiy so'ngroq shunday ma'lumot bergan edi: "1325 sanayi hijriyasinda Rusiya musulmonlarining muhtaram ziyoli va akobirlarining Nijniy yorminkasinda milliy ishlar to'g'risinda mashvarat qila turgan majlisg'a musharraf bo'lmoq uchun O'runburg yo'li ila Maskuf, Peterburg, Qozon vositasila Nijniy Novgo'rud borib edim". Behbudiy 1913-yili "Samarqand" gazetasini nashr qilish uchun hukumatdan ruxsat oldi. Gazeta o'zbek va tojik tillarida, haftada 2 marta chop etildi. 45-soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr to'xtadi. 1913- yil 20-avgustdan U "Oyina" jurnali chiqara boshladi. Haftalik, suratli bu asosan, oʻzbekcha boʻlib, she'r, turli yo'n va mavzudagi maqola, tahliliy materiallardan tashqari e'lonlar ham berib borgan. Jurnal Kavkaz, Tatariston, Eron, Afg'oniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqaldi. "Oyina" jurnalida millat va uning haq-huquqiga, tarixiga, til va adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar,bahslar berib borilgan. Behbudiy millatning taraqqiysi uchun bir necha til bilishni shart hisobladi. Jurnalning birinchi sonidayoq "Ikki emas, to'rt til lozim" nomli maqola bilan chiqib, oʻzbek, tojik, arab, rus va fransuz tilini bilish shart deb hisobladi. Ayni paytda tilning muhofazasi ("Har millat o'z tili ila faxr etar", 1914, 35-son), o'zaro munosabatlari ("Til masalasi", 1915, 11-, 12-sonlar) haqida muhim va zarur maqolalar chop etdi. Adabiy tanqidga katta e'tibor berdi. Uning xususiyatlarini belgilashga urindi. Boshqa adabiy janrlar bilan tenghuquqligi masalasini ko'tardi ("Tanqid saralamoqdir", 1914, 27-son). Millat sha'nini oyoqosti qiluvchi fikr-qarashlarga zarba berib, Turkiston xalqini o'z nomi bilan atamoq lozimligini talab qilib chiqdi ("Sart so'zi majhuldur". 1915, 22-, 23-, 25-, 26-sonlari.) Behbudiy 1919-yilning bahorida 25-martda Shahrisabzda qo'lga olinib, sirli bir tusda Qarshi shahrida qatl qilinadi. Uning qatli haqidagi xabar o'sha paytdagi poytaxtimiz Samarqandga rosa bir yildan keyin ma'lum boʻladi. 1920-yilning aprelida butun Turkiston motam tutadi. O'nlab marsiyalar yoziladi. Fitrat "Behbudiyning sag'anasini izladim" deb nomlangan she'r bitadi. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti 402-guruh talabasi Maxkamov Mirkamol. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Turkiston jadidchilik harakati tarixidan. Rustam Sharipov. “Oqituvchi” Toshkent 2002 2.Mahmudxo’ja Behbudiy. “Yoshlar nashriyot uyi” Toshkent 2022 3.Milliy Uyg’onish. Begali Qosimov. “Ma’naviyat” Toshkent 2002 4.Bilimlar.uz internet sayti. Download 14.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling