Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
tuhfa qiladi.
* * * Pirron Elidaning oliy kohini edi. Faylasufning xulq-atvori, tabiati sirli va o‘ziga xos bo‘lib, u hech narsani sevmas, hech narsadan ta’sirlanmasdi. Shuningdek, hech kim u kabi narsalarning mohiyatiga ishonch bilan qaramasdi. Pirron so‘zlayotganda atrofdagilarning tinglash yoki tinglamasliklari bilan qiziqmasdi. Bordi-yu, tinglovchilar tarqab ketishsa ham u nutqini davom ettiraveradi. * * * Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 67 Pirron o‘zini har narsaga shubha bilan qarovchi kishilar qatoriga qo‘shar, narsalarning mohiyatiga oid har qanday qat’iy fikr aytishdan tiyilishni afzal ko‘rardi. (Per Beyl: «Pirronchilik — barcha masalalarni ularning mohiyatini chetlab o‘tgan holda muhokama qilish san’atidir», deb yozgandi). * * * Bir kuni Pirron ochiq dengizda ketayotganda bo‘ron turadi. Faylasufning kemadagi hamrohlari vahimaga tushadilar. Faqat Pirrongina mutlaqo xotirjamlikni saqlagan holda, o‘zini yo‘qotmay nimanidir kavshayotgan cho‘chqaga ishora qiladi-da: «Donishmand har qanday sharoitda ana shunday befarqlikni saqlab qolmog‘i lozim», — deydi. * * * Qadimiy yunon faylasuflari Suqrot va Pifagor kabi Pirron ham faqat og‘zaki tarzda ta’lim bergan. Uning dunyoqarashi haqida shogirdi fliuntlik Timon (miloddan avvalgi 320-230 yillar) yozib qoldirgan manbalar orqali tasavvurga ega bo‘lish mumkin. * * * Timon o‘z ustozini Quyoshga nisbat etgan. Har narsaga shubha bilan qarovchi Sekst Empirik o‘z dunyoqarashlariga sodiq qolgan holda shunday degandi: «Quyosh ko‘zdan g‘oyib narsalarni yoritib, ravshan qiladi. Pirron esa aksincha, har qanday kimsa uchun aniq-ravshan bo‘lgan narsalarni mavhumlashtiradi». * * * Bir kuni Pirronga qitmirlarcha shunday savol berdilar: — Pirron, sen o‘lmaganmiding? O’z ta’limotiga sodiq Pirron uchun: — Bilmayman, — deb javob berishdan o‘zga yo‘l qolmagandi. * * * Agar tirik mavjudotlar o‘rtasidagi xilma-xillikka bog‘liq ravishda muhokama etib bo‘lmaydigan turli qarashlar mavjud ekan, u holda narsalar haqida hukm chiqarishdan tiyilmoq zarur. Masalan, insonlar dengiz suvini ichganlarida xuddi zahar kabi yoqimsiz tuyuladi. Baliqlar esa shu suv ichida yashaydilar. * * * Agar bir narsa hamma uchun birdek go‘zal va oqilona ko‘ringanda, insonlar o‘rtasida g‘arazli bahs paydo bo‘lmas edi. * * * Narsalar bizga noma’lum sifatlarga ega bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Sababi bizda bu sifatlarni his etish a’zolarining yo‘qligidadir... agarki, sezgilar tashqi olamni qabul qilishga qodir emas ekan, demak, tafakkur ham u haqda yetarlicha mushohada yuritolmaydi. Shuning uchun ham biz tashqi olam xususida hukm chiqarishdan tiyilishimiz joiz. * * * Agar har qanday hodisa ma’lum sharoitlar, masofalar va holatlarda namoyon bo‘lib, tasavvurlarimizda katta o‘zgarish yasagan taqdirda ham biz ularni muhokama qilmasligimiz joiz. Chunki qandaydir tasavvurni dalil-isbotsiz chamalamoqqa bizning haqqimiz yo‘q. Deylik, biz dalil- isbotni ham topdik. Ammo u ham o‘z navbatida dalil-isbot talab qiladi. * * * |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling