Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 264.58 Kb.
|
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
- Bu sahifa navigatsiya:
- — turk sultoni Mahmud G’aznaviy saroyida yashab, ijod qildi.
ABULQOSIM FIRDAVSIY
(934 (taxminan) -1024 yillar) Buyuk shoir Abulqosim Firdavsiy Xuroson viloyatining Tus shahrida kambag‘al oilada dunyoga keldi. Firdavsiy keng qamrovli va chuqur ilm egasi bo‘lib yetishdi. Shu bois uni «hakim», «donishmand» deb ulug‘laganlar. Shoir ijodining ayni gullagan davrida G’azna shahrida (hozirgi Afg‘oniston hududi) — turk sultoni Mahmud G’aznaviy saroyida yashab, ijod qildi. Firdavsiy Mahmud G’aznaviyga bag‘ishlab mashhur «Shohnoma» asarini yozdi. Lekin bu asar Mahmud G’aznaviy tomonidan yetarli qadrlanmadi. Rivoyat qilishlaricha, sulton G’aznaviy Firdavsiyning yozilajak «Shohnoma» asarining har bir bayti uchun bittadan oltin tanga berishni va’da qiladi. 60.000 baytdan iborat asar tayyor bo‘lgandan keyin esa G’aznaviy va’dasidan qaytadi. Firdavsiyga G’aznaviy karvon orqali berib yuborgan tangalarning hammasi kumush bo‘lib chiqadi. Bundan qattiq ranjigan shoir tangalarning bir qismini karvondagilarga, boshqa qismini hammollarga ulashadi. Tangalarning qolgan hammasiga esa yaxna ichimliklar sotib oladi. Uning bu harakatlari hukmdorga qarshi norozilikning yaqqol ifodasi edi. Sulton G’aznaviy shoirni filning oyoqlari ostiga tashlab, jazolash haqida farmon beradi. Firdavsiy tug‘ilgan yerini tashlab, musofirlikda hayot kechirishga majbur bo‘ladi. * * * G’am-qayg‘u ham, huzur-halovat ham aqldandir. Ulug‘vorlik va buzilish ham aqldandir. * * * Sen donishmandning mana bu so‘zlarini tinglaganmisan? U haqiqatsevarlarga shunday ta’lim beradi: «O’ylamasdan qadam bosib, xatoga yo‘l qo‘ygan kas pushaymon bo‘ladi. U donolar nazdida ahmoqqa, yaqinlari nazdida begonaga aylanadi». * * * Olamda eng avval inson aqli yaralgan. Aql qalb posbonidir. Aql yana uch qo‘riqchi: til, ko‘z, quloqning ustidan ham posbonlik qilguvchidir. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a’zo orqali qalbga kirib boradi. * * * Ne sababdan uzoq umr ko‘rmoq tilaysan? Bilasan-ku, baribir olam sirlarini hech qachon anglab yeta olmaysan. * * * Yovuzlik hukmron bo‘lgan saroyning qonuni shunday: yo sen egarda o‘ltirursan, yo senga egar o‘rnaturlar. * * * Ko‘hna olam udumi shunday: sirlar dengizida suzaveramiz-u, lekin hech qachon qirg‘oqni ko‘rolmaymiz. * * * Donishmand dedi: «Ochko‘zlik va muhtojlik — mangu bedor ikki iblis». * * Parvoz qanchalar yuksak bo‘lsa, qulash shunchalik dahshatlidir. * * Aqlli so‘z dur-javohirlaru toj-taxtdan ham qimmatliroqdir. * * Ey hukmdor, idrokli, saxiy, adolatli bo‘l. Elning baxti hukmdorning baxtidir. Ey hukmdor, yolg‘onni toj-taxtga yaqinlashtirma. Doimo haqiqat yo‘lini tut. Ey hukmdor, ezgu ishlar uchun mablag‘ni ayama. Yuragingga bir lahza ham qo‘rquvni yo‘latma. Aks holda qo‘shni shoh dadillanib, bosh ko‘targay. Bu serkulfat hayotda dono va bardam bo‘l. Yuz bergan har bir hodisaga munosib baho bera bil. Yana shuni bilgilki, kim osmon qadar bag‘ri keng, saxiy bo‘lsa, o‘sha sultonlikka loyiqdir. Nodon maslahatchilardan saqlan. Tuban kishilarning so‘zlariga quloq osma: ularning yuragida hasad mujassam. Siringni hatto eng yaqin odamingga ham aytma, aks holda kulfatlarning keti ko‘rinmay qolur. O’zini hammadan ustun qo‘yuvchilarni mashvaratga yaqinlashtirma. Download 264.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling