Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
277
Yana chun qatl hukmin qildi Rarvez
Degon so‘zlar nechukkim dashnai tez. 
Aning hukmig‘a rarvo qilmag‘oni, 
Asosin ko‘zga mutlaq ilmag‘oni. 
So‘z ichra fahm o‘lub sultonlig‘ andin, 
Xitou Chin eliga xonlig‘ andin. 
Najodi fahm bo‘lmoq gavhari ham, 
Bulardin faxri yo‘qluq bir sari ham. 
Bo‘lub erdi xaloyiq ichra mashhur, 
Yamon, yaxshi demaktin erdi ma’zur. 
Ki, el Rarvezdin mag‘bun edilar, 
Dog‘i oning uchun maftun edilar. 
Deb ul ma’nida tab’ ahli g‘azal ko‘r, 
Mug‘anniylar yasab savtu amal ko‘r. 
Chekib dard ahli ohin oshiqona
Tuzub ul savtlar birla tarona. 
Ayolg‘u borchag‘a Farhod holi, 
Surud ul xastai noshod holi 
Ki, Xusravg‘a ne nav’ o‘ldi giriftor
Arolarida ne nav’ o‘tti guftor. 
Bu dam holi dag‘i mafhum emas, lek 
O‘luk yoxud tirik ma’lum emas lek. 
Bu yanglig‘ omning savti simoi, 
Bo‘lub ham erdi Bonu istimoi. 
Anga bo‘lmay bu g‘amda aqlu his yor
Tahayyur birla yig‘lar erdi bisyor. 
Bo‘lub ko‘p g‘ussa ul g‘amkashg‘a zohir 
Ki, bu ish bo‘lmasun mahvashg‘a zohir
2
Ki, bu nav’ anglasa oning so‘zini, 
Shak ermasturki o‘lturgay o‘zini. 
Vale gulchehra g‘amgin erdi behad, 
O‘zinda erdi gohi, gohi bexud. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
278
Sezib erdiki ul g‘urbat asiri, 
Hamono bo‘ldi dushman dastgiri. 
Yoshurub rarda ichra holi zorin, 
Nechukkim hullada jismi nizorin. 
Bu o‘tdin suv bo‘lub xorosi oning
Vale yo‘q so‘rg‘oli yorosi oning. 
Chekib hijron aro ohi nihoni, 
Qarorib dudi ohidin jahoni. 
Magarkim bir kun ul g‘amnoki miskin, 
Firoq ichra bag‘oyat erdi g‘amgin. 
Chu ko‘ngli hajr toshidin siniqti, 
Zamone qasr tomi uzra chiqti. 
Ki, bir soat havoi kasb qilg‘ay, 
Havodin g‘unchadek ko‘ngli ochilg‘ay. 
Qulog‘ig‘a yetushti bir hazin un 
Ki, lahn aylar edi bir zori mahzun. 
Ani ul nag‘ma lahni zor qildi, 
Buzuq ko‘ngliga behad kor qildi. 
Quloq soldiki abyotin eshitgay, 
Surud ichra maqolotin eshitgay. 
Anga har bayt bir g‘amxona erdi, 
Bori Farhoddin afsona erdi. 
Ne kelturgan boshig‘a charxi kajrav
Nelarkim ayladi jonig‘a Xusrav. 
Bayon aylab aning favtin chekib ho‘y, 
Demakda favt qilmay bir sari mo‘y. 
Eshitgach mahvash ul lahni g‘amangez, 
Degil bag‘rig‘a tegdi dashnai tez. 
Aningdek chekti bir ohi jigarso‘z 
Ki, o‘chti sham’i mehri olamafro‘z. 
Yuziga boshladi urmoq taroncha, 
Boshin dog‘i urub yerga yuz oncha. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling