Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
283
Hamul kun mehr ko‘sin urmish erdim
Borur chog‘da sanga torshurmish erdim. 
Rafiqu yorliq mundoq bo‘lurmu, 
Amonatdorliq mundoq bo‘lurmug‘ 
Manga o‘z g‘oyibimdin bir nishon ayt, 
Desangkim, hajridin o‘lmay, ravon ayt. 
Gar etsang maksu, nogah chiqsa jonim
Yaqin bilkim erur bo‘yningg‘a qonim». 
Dedi Bonuki: «Yey jonimg‘a rayvand, 
Labing la’li kelib bag‘rimg‘a rarkand. 
Zamone iztirobing torsa taskin, 
Base so‘z arz etar Shoruri miskin 
Ki, har birdin yetib yuz komu rohat
Butar ham yangi ham eski jarohat». 
Eshitgach bo‘yla so‘z sham’i Tirozi, 
Kuyub, zohir bo‘lub ashki niyozi. 
Dedi: «K-ey misli yo‘q ustodi naqqosh, 
Demay naqqoshkim, yoru qarindosh. 
Ne der bo‘lsang o‘zungni tutma ma’zur». 
Ravon bunyod qildi xasta Shorur. 
Ishin Farhodning andoqki bildi
Borin Shirin qoshida arz qildi. 
Anga tegruki holi ul tirikdur, 
Vale hajringda holi bas irikdur. 
Borur erdim anga zoru jigarxor, 
Dedim avval seni aylay xabardor. 
Agar mahvashqa yo‘l tormay maloli, 
Iki-uch nukta yozsa sharhi holi. 
Borib ollinda mo‘jiz ko‘rguzurmen 
Ki, o‘lgan bo‘lsa dog‘i tirguzurmen. 
Pari raykar dedi, jonimg‘a minnat, 
Ravon qo‘rtiyu qildi azmi xilvat. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
284
Bitidi dard ila bir turfa maktub, 
Demay har satrikim, har lafzi marg‘ub. 
Chiqib Shorurg‘a torshurdi filhol, 
Ul olib yo‘l sori gom urdi filhol. 
Qilib yo‘l qat’ini eldin nihoni, 
Angachakim eshitmish erdi oni. 
Yetishti ul saharkim, shomi Farhod 
Tong otquncha qilib jonig‘a bedod. 
Borib erdi o‘zidin zoru mahjur 
Ki, yetti qoshig‘a farzona Shorur. 
Qilib ram tegrasidin vahsh ila tayr, 
Borib qoshig‘a ul rayki sabuksayr. 
Ko‘rub andoqki oni ko‘rmasun ko‘z, 
Ne jismi ichra jon, ne og‘zida so‘z. 
Chekib afg‘on olib qo‘ynig‘a boshin, 
Yuziga ul sifat yog‘durdi yoshin 
Ki, ul yanglig‘ gulob urg‘och yuziga, 
Ochib bedil ko‘zin, keldi o‘ziga. 
Chu ul ko‘rdi muni, bu ko‘rdi oni, 
Ikovlon tortibon muhlik navoni. 
Solibon bir-birining bo‘ynig‘a qo‘l, 
Anga gah bu, munga gah yig‘ladi ul. 
Chekib andoq bu oshub imtidodi 
Ki, qon yig‘lab alarg‘a tog‘u vodi. 
Ayog‘in o‘rti Shoruri g‘amandud, 
Chiqordi qo‘ynidin maktubi maqsud. 
Olib Farhod chunkim ochti noma
Tani za’f ayladi andoqki xoma. 
O‘qumoq boshlag‘och ul zori mahzun, 
Bu erdi noma alfozig‘a mazmun. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling