Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
289 Kishi gar ko‘ksini yuz rora qilsun, Falak bedodig‘a ne chora qilsung‘! Aning bedodidin kim bo‘lsa noshod, Qilur jonig‘a bedod uzra bedod. Necha sen bastai bandu balosen, Balolar bandi ichra mubtalosen. g‘amu dardingcha dard imkoni yo‘qtur, Balou mehnating royoni yo‘qtur. Vale bo‘lmish jahon ahlig‘a ma’lum Ki, ilgingda qotiq xoro erur mum. Chekarga dardu anduh jur’ating bor, Balo tortarg‘a sabru toqating bor. Agarchi furqatimdin notavonsen, Vale ham ersenu ham rahlavonsen. Agar tug‘yon qilur hijron maloli, Qilursen oh ila ko‘nglungni xoli. Mashaqqat o‘ti qilsa jisminga kin, BErursen ashk seli birla taskin. Yetishgach dard chun har yon ketarsen, Fig‘onu ro‘ya birla daf’ etarsen. Agar ko‘ksungga ursang g‘ussa toshi, Vagar joningga mehnat durboshi 6 . Nekim qilsang so‘zi sig‘mas kishining Ki, bu tavri bo‘lur oshiq ishining. Meni zoru zaifu roshikasta, Boshimdin to ayoq a’zo shikasta. Firoqing tig‘idin yuz rora jonim, Ne jonim, balki jismi notavonim. Kuyub hajr o‘tidin jonu ko‘ngul ham, Ne kuymakkim, bo‘lub yuz qatla kul ham. Ichimga shu’lai ishqing tutoshib, Tutoshib demakim, boshimdin oshib. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 290 Ichimda bo‘lsa yuz o‘t oshkoro, Nafas dudin urarg‘a qayda yorog‘! Gar o‘lsa la’l birla ko‘zlarim kon, Oqizmoq qatrae andin ne imkon. Necha xotun kishi bor ersa tavsan, Bo‘lub ozodalig‘da sarvu savsan. Jamol ichra mahi tobondin afzun, Mahi tobonni qo‘ykim, ondin afzun. Anga yaxshiki aylab dilraboliq, Vafo ahlig‘a qilg‘ay bevafoliq. Haq andin asrasunkim ul zabunvash, Birovning ishqidin bo‘lg‘ay mushavvash. Girihlar hajrdin qoshig‘a tushgay, Girihlik ishq ishi boshig‘a tushgay. Ne ishq o‘tig‘a kuymaklikka tobi, Ne andin qurtulib joni xarobi. Ayog‘ ostig‘a qolsa notavon mo‘r, Ketursa qatlig‘a yuz ajdaho zo‘r. Chu ul bo‘lmish xaloyiq roymoli, Yuz ajdar changida bo‘lg‘ay ne holi. Chaqilsa barq olam ichra bebok, Tura olg‘aymu o‘trusida xoshokg‘ Bu mushkilroqki mundoq zoru bedil Ki, bedilliq erur jonig‘a mushkil. Anga bir yon erur yuz muncha afsus, Yana bir yon hijobi nangu nomus. Nihoni ursa tun-kun yuz tuman rech, Agar nomusi bordi borchasi hech. Bag‘oyat mushkul ish ermish, bag‘oyat Ki, oshiq nangu nom etgay rioyat. Uchursa ohi yetti ko‘k 7 niqobin, Yuzidin ochmag‘ay burqa’ hijobin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling