Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
305
Kim ul devona sori devrayvand
O‘zi devu so‘zi devona monand. 
Bu ra’noni aningdek aylamish sayd 
Ki, dev etgay kishini ozg‘urub qayd. 
Singursam g‘ussadin o‘lmak kerakdur, 
Ishimga borcha el kulmak kerakdur. 
Kishi ko‘rgaymu mundoq turfa o‘lmak, 
Ulusdin yig‘lamoq o‘rnig‘a kulmakg‘ 
Agar xud aylasam oshubu bedod, 
Muning birla ham o‘lmas xotirim shod 
Ki, majnunni bilurmen begunahdur, 
Gunahsiz qong‘a mayl etmak tabahdur. 
Kamandi rishtai fikrim uz oxir, 
Manga bu ishda bir yo‘l ko‘rguz oxir. 
Ikovlon aytibon afsona behad, 
Ko‘p aylab bir-birining ra’yini rad. 
Ham oxir bo‘yla bo‘ldi ishga tadbir
Qayu tadbirg‘ Makru revu tazvir 
Ki, torqaylar nahusat intisobi 
Ki, bo‘lg‘ay qatl anga ra’yi savobi. 
Degaylarkim borib devona sori, 
Nuhusat o‘tidin urg‘ay sharori. 
Degaykim, Xusrav Arman shahrin oldi
Bori komin sirehr ilgiga soldi. 
Ishi Shirin bila surmak durur kom, 
Mihinbonu bila ichmak durur jom. 
Qilib Bonu anga Shirinni hammahd, 
Ikovdurlar nechukkim shakkaru shahd. 
Chu ul ko‘rdi sanga Xusravni foyiq, 
Anga oshiqlig‘ing emdi ne loyiqg‘ 
Chu sendin ketti ul, sen ham qo‘ru ket, 
Yeriga yetti, sen ham mulkinga yet. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
306
Shak ermas chun bu yanglig‘ nag‘ma tutqay, 
Aning ko‘nglini Shirindin sovutqay. 
Bu so‘z birla sovub mayl etsa bir yon, 
Qurubon boshin olib ketsa bir yon. 
Bular andin qachonkim bo‘lsa navmid, 
Apoda qolmag‘ay bu ranji jovid. 
Bo‘lur ko‘rguzmak oncha notavonliq 
Ki, zohir qilg‘ay ul oy mehribonliq. 
Bu o‘q gar tushmasa ko‘ngliga kori, 
Qiloli o‘zga tadbir ixtiyori. 
Bu yanglig‘ rishtag‘a chun so‘z tuguldi, 
May istab shah qadah monand kuldi. 
Ketur, soqiy qadahkim, bir g‘amim bor 
Kim, ul g‘amdin ajoyib motamim bor. 
Malolat xayli qasdi jonim etmish, 
Qadah tutkim, qo‘lumdin chora ketmish. 
XLVIII 
Zoli makkora, balki Farhodkushi xunxoraning tig‘i zabonin tez etib, Farhod qatlini angez etgoni, dog‘i 
ul tog‘ sori azimat etib, Farhod boshig‘a ajaldek yetgoni va aning hayot qushi qasdig‘a makr rishtasi 
domin ochib, tazvir ashki donasin sochqoni va jismi qafasin marg sangboroni bila sindurg‘oni va umri 
bulbulin ul pora-pora qafasdin uchurg‘on 
Bu motam navhasozi o‘rtabon dog‘, 
Aningdek so‘z yuziga urdi tirnog‘ 
Ki, chun ul nav’ tadbir etti Rarvez, 
Topib kelturdilar bir hiylatangez. 
Qadi ikki bukulgan rir zole
Falak zoli kibi hiylat sigole
1

Xututi makrdin yuzinda yuz chin, 
Tiliga o‘tmayin umrida so‘z chin. 
Chu soz aylab fusunu hiylai shum, 
Qo‘lida xora yumshab, o‘ylakim mum. 
Berib surgach fusunliq mojaroni, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling