Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
301
va bu silsilai muhabbatni Shorur mutaharrik qilg‘onin Xusrav anglab ani salosili mehnatqa tortqoni 
va Farhod halokig‘a charx zolidek tadbir qilg‘oni va aning umri zavoli tadbiri topilg‘oni 
Bu maxfiy nuktaning mushkilkushoyi
Bu yanglig‘ bo‘ldi ma’ni rahnamoyi 
Ki, chun Shorur ul ikki notavondin 
Shikasta jism ila ozurda jondin 
Yeturdi bir-biriga nomai shavq
Qiziq bo‘ldi yana hangomai shavq. 
Xabar Xusravg‘a yettikim rasule, 
Rasule yo‘qki, josusi fuzule. 
Ham eltur telbadin ul oyg‘a rayg‘om, 
Hamul oydin bErur majnung‘a e’lom. 
Aningdek ishq bozori erur tez 
Ki, bo‘lg‘udek durur yuz fitna angez. 
Hamono dashtdin devona Farhod, 
Hisori fitnadan huri Parizod. 
Debon bir-birga yuz afsunu nayrang
Aningdek aylagaylar bir yon ohang. 
Ki, Xusrav tormag‘ay gardin alarning, 
Ne sud ul dam yemak dardin alarning. 
Agar ham torsa tortib ko‘p uqubat, 
Saranjomida bordur ko‘p suubat 
Ki, chu devona minsa devzode, 
Yonida ul sifat huronajode. 
Harifi ermas oning yuz ming odam 
Ki, bo‘lg‘ay har biri ish vaqti Rustam. 
Chu erdi maskani bu qal’a tog‘i, 
Yalang majnun kibi boshtin-ayog‘i. 
Vujudi hajrdin zoru zabun ham, 
Qadi g‘am toshi tortardan nigun ham. 
Olib bir toshkim a’dog‘a otti, 
Ne Xusrav, bir cherik ko‘nglin ushotti. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
302
Qachonkim minsa gardunraykari tez, 
Qo‘lida chekkan o‘lsa tig‘i xunrez. 
Erur Xusravg‘a bas andishai xom
Qayon ul borsa qo‘ymoq ul taraf gom. 
Chu bu afsonani fahm etti Rarvez, 
Tafakkur o‘ti tushti ko‘ngliga tez. 
Hamul yerdinki erdi xasta Farhod, 
Bu yerga tegrukim ul sarvi ozod
3

Ne yo‘lkim bor edi aylab kaminlar
Kamingahlarda qo‘ydi ahli kinlar 
Ki, tergab borg‘anu kelgan kishini, 
Tafahhus aylabon har kim ishini. 
Aningdek kimsa uchrab yo‘llarig‘a 
Ki, taqrir o‘ldi kirsa qo‘llarig‘a. 
Keturgaylar ani Rarvez uchun tez, 
O‘zi bilgay nechukkim qilsa Rarvez. 
Qazodin ul iki-uch kunda Shorur 
Topib Farhod robo‘sig‘a dastur
4

Parivashdin yana bir noma olib, 
Borur erdi sabodek ro‘ya solib. 
Chu tortilar ul el, qilg‘onni matlub, 
Tafahhus qilg‘och oni, chiqti maktub. 
Bitik birla o‘zin Xusravg‘a filhol, 
Tavaqqu’lar bila qildilar irsol. 
Chu bu nav’ ish ayon qildi zamona
Bo‘lub Xusrav bag‘oyat shodmona. 
Qilib ul elga ulkim sharti ehson 
Ki, bu mushkil alardin bo‘ldi oson. 
O‘qudi chun ochib ul turfa noma, 
Quyi solib boshin andoqki xoma. 
Chiqordi ul savodi anbarolud, 
Savodi xoma yanglig‘ boshidin dud. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling