Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
297
Bukim maktub aro durlar qilib darj
Latoyif naqdi ko‘p aylab eding xarj. 
Aning uzrida ojizdur bayonim 
Ki, har harfig‘a bo‘lsun sadqa jonim. 
Deb erding menda ham ko‘rtur g‘amu dard, 
Bu so‘zdin kuydi joni dardrarvard. 
Meningdek yuz tuman ming o‘lsa har dam, 
Muborak xotiringg‘a bo‘lmasun g‘am! 
Bitib erdingki, sen gar notavonsen
Va lekin g‘am chekarga rahlavonsen. 
Agar tog‘ o‘lsa, teshangdin nigundur, 
Va gar sher o‘lsa, ranjangdin zabundur. 
Manga ul zo‘ru shavkat qayda qolmish, 
Nafas urg‘uncha quvvat qayda qolmishg‘ 
Men ul mo‘re dururmen zoru ojiz 
Ki, andoq azj aro yo‘q mo‘r hargiz. 
Ilayimda kesak ko‘hi balodur, 
Ko‘zumga resa rishta ajdahodur. 
g‘amingdindur manga tobu tavon ham, 
Erur darding chekardin quti jon ham. 
Necha ishqingdin o‘lsa jismima zo‘r, 
Va lekin ajdahoni ishq etar mo‘r. 
Va gar xud mo‘r erur romoli oning, 
Xayol etkim, ne bo‘lg‘ay holi oningg‘ 
Raqam aylab edingkim, taxtu johim, 
Diyoru kishvaru xaylu sirohim. 
Menu Bonu bo‘lubturbiz hisori, 
Hisori mehnat ichra ko‘hsori. 
Bu so‘zning gar javobin ayta olmon
Vale ayturda ojiz dog‘i qolmon. 
Bitilgan so‘z erur boshtin-ayoq rost, 
Bu nav’ ermish azalda Tengriga xost. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
298
Kishiga har nekim kelgay qazodin
Davoe yaxshiroq yo‘qtur rizodin. 
Bilurmenkim ne kelmish kishvaringg‘a, 
Ne bir kishvarki xaylu chokaringg‘a. 
Vale ulkim erur xaylu sirohing, 
Muteu banda, balkim xoki rohing. 
Alardin gar biri tutsang meni ham, 
Biri ham yo‘qki, tutsang barchadin kam. 
Agar insofni tortib arog‘a, 
Taammul aylasang bu mojarog‘a. 
Manga yetgan baliyat ko‘ru ozi, 
Bori birla bo‘la olur muvozi. 
Desang mehnatqa sen erding sazovor
Alarg‘a zulm qildi charxi davvor. 
Fido borig‘a joni notavonim, 
Ne qilsang ham turubdur xasta jonim. 
Gar ermas muncha birla ham kifoyat, 
Mening bo‘ynumg‘a yuklarsen jinoyat. 
Yo‘lingda bor esam tufrog‘din kam 
Va lekin chiqmadim tufrog‘din ham. 
Manga ham bor edi erkin diyore
Diyorim xayli ichra iqtidore. 
Atom shoyadki xoqon erdi erkin. 
Necha iqlim uza xon erdi erkin. 
Yetib erdi ekin boshimg‘a toji, 
Ayog‘im ostig‘a ham taxti oji. 
Xitou Chin aro o‘n ikki ming shahr, 
Topar erdi ekin hukmum bila bahr. 
Munga loyiq sirohu xaylu johim, 
Tariqi saltanatda dastgohim. 
Yetib chun ishq xayli turktozi
Haqiqiy ishq, yo‘q ishqi majozi. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling