Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
291
Demon mendin sening darding erur kam
Sening ham ko‘rturur darding, mening ham. 
Vale yuz muncha dardi toza birla, 
g‘amu anduhi beandoza birla, 
Chu dardu g‘urbatingni yod etarmen, 
Hazin jonimg‘a yuz bedod etarmen. 
Agarchi bo‘lg‘oli ishqing asiri
O‘tar aflokdin ohim nafiri. 
Dame xush urmadim afg‘on ichinda, 
Dame xush bo‘lmadim hijron ichinda. 
Olib dushman sirohu afsarimni, 
Qilib toroj mulku kishvarimni. 
Menu xaylim nechukkim bumi manhus, 
Bo‘lub bir g‘or aro tog‘ ichra mahbus. 
Munungdek mulkning shohu faqiri, 
Bo‘lub boshdin-ayoq dushman asiri. 
Tutulg‘onlar qilib jonini taslim
Qutulg‘onlarni har dam o‘lturub bim. 
Bular elga mening ishqim ishidin, 
Qulog‘im yolqibon el qarg‘ishidin. 
Qilib jonimg‘a qasd eldin uyotim, 
O‘chub Bonu uyotidin hayotim. 
Vale yuz muncha mehnat bo‘lsa erdi, 
Ne yuz, ming muncha shiddat bo‘lsa erdi, 
Seni ko‘rsam edi nogoh-nogoh, 
g‘amim yo‘q erdi billoh, summa billoh
8

Bu dam hamkim firoqingdin o‘lubmen, 
Yuz o‘lgandin ham ortuqroq bo‘lubmen. 
Hayotim vaslinga ummid ilandur, 
Umid ul rahmati jovid ilandur. 
Agar hajringda yuz yil g‘ussakashmen, 
Agar vasling umidi bo‘lsa xushmen. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
292
Tavaqqu’ ulki bu oshufta noma 
Ki, bu oshufta qildi naqshi xoma. 
O‘qub mazmunidin olsang hisobin, 
Karam aylab yiborgaysen javobin 
Kim, ul har g‘amda bo‘lg‘ay hirzi jonim, 
Balou g‘ussadin xatti amonim. 
Chu bo‘lsang holima ogohu a’lam, 
Javobin ham yibor, vallohu a’lam». 
O‘qub bu nomani ul zori badhol, 
Ko‘p urdi tob jismi o‘ylakim nol. 
Gahi bexud chekar erdi fig‘oni, 
QO‘pub yuz charx urar erdi zamoni. 
Junun osorini ko‘p zohir etti, 
O‘ziga keldi gohi, goh ketti. 
Junundin garchi ko‘p bo‘ldi nafiri, 
Yo‘q erdi noma yozmoqdin guziri. 
Chiqordi noma asbobini Shorur
Murakkab aylamakka mushku kofur
9

O‘zin devona bir dam zabt qildi 
Kim, ul dardu balo sharhi yozildi. 
Berib Shorurni qildi ravona, 
O‘zi dard o‘ti ichra qoldi yona. 
Yugurdi nomabar chun noma olib
Ne nav’ o‘lsa o‘zin qo‘rg‘ong‘a solib
10

Yetib mahvashning ollinda yer o‘rti, 
Bitikni yerga qo‘ydi, dog‘i qo‘rti. 
Sumanbar yig‘layu xilvatqa kirdi, 
Sarodin hujrai mehnatqa kirdi. 
Ochib chunkim o‘quy boshlodi oni, 
Bu yanglig‘ erdi ul g‘am dostoni. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling