Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
269 Muazzin xalqikim 3 chiqmay navosi, Bo‘lub bu surmadin oning g‘izosi. Aningdek surmadin ko‘zlar kelib tang, Ko‘runub ko‘zga olam surmairang. Qarong‘udin ko‘runmay ko‘zga olam, Ko‘runub ko‘zga olam o‘zga olam. Falakda yo‘q taharrukdin namuna, Agar fahm o‘lsa dog‘i bozguna. Keturmay subh ul oqshomg‘a ayyom. Qiyomat subhiga ul nav’kim shom. Qanot rarvozidin xuffosh yormay, Tilab ko‘k gunbazi darzini tormay. Bo‘lub zulmatdin andog‘ rardalar fosh Ki, istab pardasin toshlarni xuffosh. Qo‘nub ko‘k sabzasida yuz tuman bum, Nima yo‘q ko‘zlaridin o‘zga ma’lum. Borining jismi tun dudi aro Kim, Ochuq ko‘zlar qolib andoqki anjum. Yo‘q erkandur bu yanglig‘ zog‘ hargiz Ki, bo‘lg‘ay changida ming bum ojiz. Demon tun onikim, zindoni anduh, Bu zindong‘a qolib ul koni anduh. Ani hijron g‘ami rajmurda aylab, Ne tunkim, jonidin ozurda aylab. Yamon holig‘a zolim charxi bebok, Yaqosin Kahkashondin aylabon chok. Qilib har lahza qasdi joni ul tun, Kishiga kelmay andoq bir qaro kun. Bo‘lub boshi mashaqqat toshidin resh, Mashaqqat toshi, balkim boshidin resh. Qonab anduh tog‘idin ayog‘i, Ayog‘idin dog‘i anduh tog‘i. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 270 Usholib ilgi hijron ranjasidin, Ayog‘din boshi g‘am ishkanjasidin. Tani za’fiki yo‘l bermay demakni, Ayon aylab teri uzra so‘ngakni. Ichinda sham’ o‘tluq joni ma’yus, Teri birla so‘ngok andoqki fonus. Falak toshu o‘ti aylab siteza, Qilib teshuk-teshuk, bal reza-reza. Solib g‘am tog‘i ichra rechu tobi, O‘zin yerlarga urmoq iztirobi. O‘larda jon taloshur notavondek, Kamarda boshi yonchilg‘on yilondek. Ajal xanjarlari jismini darron, O‘tub andin ajal g‘avg‘osi rarron. Urubon lahza-lahza tosh uza bosh, Boshin pargola-pargola qilib tosh. Harorat andog‘ aylab jismig‘a kin Ki, topib o‘tdin oning so‘zi taskin. Tani tufroqqa tushgach betaammul, Hamul dam jismidin tufrog‘ o‘lub kul. Ani har dam bu nav’ aylab bahona, Qaro tufroqqa o‘lturtub zamona. Topib ul tabda chun tabxoladin bahr, Suyidin og‘zig‘a har dam oqib zahr 4 . Zamona zahr solib har zamoni. Og‘izda talxkom etmokka oni. Bu yanglig‘ hol ila ul shomi anduh, Anga anduh yuklab ko‘h to ko‘h. O‘tub hijron sirohi xayl bar xayl, Damo-dam boshi uzra o‘ylakim sel. Ko‘runub ming balo har dam ko‘ziga Ki, bir soat kela olmay o‘ziga. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling