Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
265 Falakdindur magar mendek azobing Ki, o‘rtanmak biladur iztirobing. Agar yo‘q hajr aro o‘zdin boribsen, Nedin men notavondek sorg‘oribseng‘ Junun mendek o‘tungg‘a quymasa yog‘, Maqoming nega subhu shom erur tog‘g‘ Meningdek bo‘lmasang qayg‘u ichinda, Nedin gah o‘tdasen, gah su(v) ichindag‘ Bari holatda chun hamdardim o‘ldung, Anisi joni g‘amrarvardim o‘ldung. Chu o‘tsang mahvashimning maskanidin, Tushub iqbol yanglig‘ ravzanidin. Tariqi mehribonlig‘ni fan ayla, Qoshida kuymagimni ravshan ayla. Yuzum lavnini rangingdin ayon qil, g‘amim xaylini dardingdin bayon qil». Sahardin chiqqucha kun bo‘yla holi, Gah oning, gah muning birla maqoli. Yoyilg‘och kun yana har yon urub gom, Dame bir yerda yeldek tutmay orom. Dami o‘ti shafaqning hamnabardi, Uchurg‘ondek sabo shingarf gardi. Samumi ohidin olamg‘a oshub, O‘tidin nilgun toramg‘a oshub. Ayog‘ig‘a tikilgan har itik tosh, Ayog‘i orqasidin o‘tkarib bosh. Yetib ko‘ksiga urg‘on xorarora, Yetin yo‘qkim, so‘ngakni rora-rora. Solib jismig‘a tig‘i ishqi bebok, Shikof uzra shikofu chok uza chok. Tongib dardig‘a charxi qaydrayvand, Kamand uzra kamandu band uza band. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 266 Chu g‘am dashtida majnunvor yig‘lab, Unidin murg‘u mohi zor yig‘lab. Bo‘lub raydo urarda tig‘i motam, Teshuklar tog‘ aro, bal raxnalar ham. Jarohatlarki solib xanjari oh, Tanida dard xaylig‘a kamingoh. Qayadin tig‘i ohi rora eltib, Ne rora, yuz taroshi xora eltib. Topib vodiy aro har sathliq marz, Sirishki xaylidin har sori yuz darz. Dami dudi sharori ko‘h to ko‘h, Yasab abri balou barqi anduh. g‘irevi toshni rajmurda aylab, Fig‘oni tog‘ni ozurda aylab. Ko‘nguldinkim fig‘on tinmay chiqorib, Salodin un chekarg‘a tog‘ horib. Icharga qon qilibon lolani jom, Vale ko‘k jomikim bo‘lg‘ay shafaqfom. Tilab ul jom aro ham boda to lab, Dema bir, ham damodam, ham labolab. Aning bu bodasi xunobi anduh, Dema xunob, la’li nobi anduh. Ketur soqiy, qadah gardunni aylab. Anga mamlu mayi gulgunni aylab. Yo‘q ersa boda, quy zahri halohil, Hayotu hajr mushkil keldi, mushkil. XLIII Farhod ro‘zgorining qarolig‘i, ya’ni hajr shomig‘a mubtalolig‘i va ul shom tuli nihoyatsizlig‘ikim adami iborat aning quyoshining ayni va subhining damidin bo‘lg‘ay va savodining g‘oyatsizlig‘ikim mavti kinoyat aning humumining qalbi va zulmatining etagidin bo‘la olg‘ay va mundoq tiyra tunda aning xasdek tanining kuymagikim, tutun ichra axgardin afsona aytur erdi va bu yanglig‘ qattig‘ kechada teshukluk bag‘rining qong‘a bo‘yalmog‘ikim, xora ichinda yoquti ahmardin nishona |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling