Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
259 Agarchi tab’ida devonalig‘ bor, Tariqi aqldin begonalig‘ bor. Va lekin so‘zlaridur rostmonand, Taammul farz erur qilmoq, xudovand. Buyuk tog‘ uzra gar torsoq maqome, Aning habsig‘a qilsoq ehtimome. Iki-uch oycha zindon ichra tursa, Iki-uch yuz nigahbon ichra tursa. So‘zida rostlig‘ gar bo‘lsa raydo, Tirik bo‘lsa ne g‘am ul zor, shaydo. So‘zi yolg‘on ekandin bo‘lsoq ogoh, Qila olurbiz ul dam ulcha dilxoh». Chu dono nukta surdi hikmatomiz, Rizo berdi aning rayig‘a Rarvez. Bor erdi ul yaqinda bir biyik tog‘, Qo‘yub tig‘i qamar ruxsorig‘a dog‘. Hisore anda mahkam charxmonand, Qilib asrar uchun jurm ahlini band. Yasab devi hamul qo‘rg‘onni hosil Ki, bor ermish aning oti Salosil. 5 Salosil qo‘rg‘oni el ichra mashhur, Aning oti bilakim qildi ma’mur. Uzottilar ani ul qal’a sori Kim, o‘z dildoridek bo‘lg‘ay hisori. Qo‘shub hushyorvash besh yuz nigahbon, Aningdekkim but atrofida rahbon. Kel, ey soqiy, meni majnunni mast et, Soching zanjiri birla roybast et. Ki, bu qayd ichra bo‘lsa mubtalolig‘, Vujudim qaydidin bo‘lg‘ay raholig‘. XLII Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 260 Farhodni junun ahlidek Pari silsilai ishqi bila Salosil dev qo‘rg‘onig‘a yiborganlari va nigahbonlar aning malakiy sifat va farishta zotlig‘in bilib qaydin itloqqa badal qilib dasht yuzlari va tog‘ qullarida mutlaqulinon qilg‘onlari va aning vuhush galasida ro‘ya qilib sibo’ halqasida mo‘ya qilmog‘i va tuyur qatorida forig‘ulbol bo‘lub riyoh g‘uborida Parishon hol kezmoki va shom zillida g‘urbati qaro kunin ravshan qilib subh ollida hajri shomi qarosin savod qilg‘oni va quyoshda mehri o‘tin yorutub bulutqa ishq havosida faryod bila ashki yomg‘urin ko‘rguzgoni Bu dasht ichra hakimi hushrayvand, Aningdek oldi so‘z majnunidin band Ki, chun Farhod ul qo‘rg‘ong‘a bordi, Nigahbonlar bila zindong‘a bordi. Ani asrarlar erdi ros birla, Yo‘lida qum to‘shab almos birla Ki, Xusrav hukm etib erdiki nogoh, Qochursa ul el oni bo‘lmay ogoh Yevaz ba’zisining bo‘ynini urg‘ay, Yana ba’zini qo‘rg‘ondin uchurg‘ay. Alarg‘a bu tavahhumdin hamesha, Tunu-kun voqif o‘lmoq erdi resha. Va lekin ohu faryodidin oning, Arig‘ avqotu avrodidin oning. Anga bo‘lmish edilar o‘yla maftun Ki, bo‘lg‘ay ishq aro Laylig‘a Majnun. Ulumi xufyakim Suqroti komil Aning holig‘a qilmish erdi shomil. Alardin biri bir ism erdi nomi, Bu xosiyat ani aylab kiromi Ki, yuz ming band aro gar bo‘lsa qoyil, Qayonkim borsa bo‘lmay band hoyil. Yo‘lida bo‘lsa yuz mahbus darband, Chu ul yetgach ochilg‘ay sarbasar band. Ani chun ism g‘amdin forig‘ etgay, Qayonkim istar o‘lsa ko‘ngli ketgay. Qilib ul ism amrig‘a itoat Ki, ojiz bo‘lmag‘ay qilmoqqa toat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling