Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
251
Dedi: Bu ishqdin inkor qilg‘il! 
Dedi: Bu so‘zdin istig‘for qilg‘il! 
Dedi: Oshiqqa ne ish ko‘p qilur zo‘rg‘ 
Dedi: Furqat kuni ishqi balosho‘r. 
Dedi: Ishq ahlining nedur hayotig‘ 
Dedi: Vasl ichra jonon iltifoti. 
Dedikim: Dilbaringning de sifotin! 
Dedi: Til g‘ayratidin tutmon otin! 
Dedikim: Ishqig‘a ko‘nglung o‘rundurg‘ 
Dedi: Ko‘nglumda jondek yoshurundur. 
Dedi: Vaslig‘a borsen orzumandg‘ 
Dedi: Bormen xayoli birla xursand. 
Dedi: No‘shi labidin torqay el bahrg‘ 
Dedi: Ul no‘shdin el qismidur zahr. 
Dedi: Joningni olsa la’li yodig‘ 
Dedikim: Ushbudur jonim murodi. 
Dedi: Ko‘ksungni gar chok etsa bebokg‘ 
Dedi: Ko‘nglum tutay ham ayla deb chok! 
Dedi: Ko‘nglung fido qilsa jafosig‘ 
Dedi: Jonimni ham aylay fidosi. 
Dedikim: Ishqdin yo‘q juz ziyonbud! 
Dedi: Bu keldi savdo ahlig‘a sud. 
Dedi: Bu ishq tarki yaxshiroqdur! 
Dedi: Bu sheva oshiqdin yiroqdur! 
Dedi: Ol ganju qo‘y mehrin nihoni! 
Dedi: Tufroqqa bermon kimyoni! 
Dedi: Joningg‘a hijron kinakashdur. 
Dedi: Chun bor vasl ummidi xushdur. 
Dedikim: Shahg‘a bo‘lma shirkatandesh! 
Dedi: Ishq ichra tengdur shohu darvesh! 
Dedi: Joningg‘a bu ishdin alam bor! 
Dedi: Ishq ichra jondin kimga g‘am borg‘ 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
252
Dedi: Kishvar beray, kech bu havasdin! 
Dedi: Bechora, kech bu multamasdin! 
Dedi: Ishq ichra qatling hukm etKim! 
Dedi: Ishqida maqsudumg‘a yetKim. 
Dedi: Bu ishda yo‘q sendin yiroq qatl! 
Dedi: Bu so‘zlaringdin yaxshiroq qatl. 
Nechakim bo‘ldi mushkil so‘z xitobi, 
Base oson anga yetti javobi. 
Chu Xusrav ko‘rdi bu yanglig‘ tahavvur, 
Takallum aylamak sochqon kibi dur. 
Bir o‘t tushti ichiga bexudona 
Ki, otashgohidek chekti zabona 
Ki, mendek shahg‘a mundoq razl duni. 
Ayog‘din-boshqa band ichra zabuni. 
Hayotining niholig‘a sinib shox
Javob aytur ne so‘rsam bo‘yla gustox. 
Siyosat qilg‘uluqdur bu fidoyi 
Ki, har bir tog‘ ila vodi gadoyi 
Yana ko‘rguzmagay bexavfu dahshat, 
Salotin xizmatida so‘zga jur’at. 
g‘azab birla buyurdi shohi g‘addor 
Ki, urdilar hisor ollinda bir dor. 
Keyin bog‘lab qadog‘liq qo‘llari rust, 
Borib chekmaklik oni dorg‘a chust. 
Chekilgach, o‘ylakim abri bahoron, 
Ulus qilmog‘lig‘ oni tirboron. 
Necha kun turmoq ushbu hol birla
Ko‘rub xalq oni bu ahvol birla. 
Aning holidin olmoq borcha ibrat, 
Gadolar qilmasun deb shahg‘a shirkat. 
Necha kundin so‘ng o‘t aylab furuzon, 
Tamug‘ o‘ti kibi tafsonu so‘zon. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling