Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
249
Chorib Xusravning o‘rdusig‘a tegru, 
Qayu o‘rduki, qarshusig‘a tegru. 
Tutub jo‘ldu olur yormoqqa qalqon
Degilkim aylamishlar tog‘ni talqon. 
Ketur soqiy, qadahkim, benavomen, 
Xumori hajr eliga mubtalomen. 
Meni holimni onglardin yiroq qil
Necha behush esam, behushroq qil. 
 
Farhodni ul xaylning Xusrav qoshig‘a yetkurgoni va Xusrav aning boshidan-ayog‘ig‘acha salosil va 
ag‘lol hukmi surgoni va Buzurg Ummid hikmat bila ul bandlarg‘a muqayyad devona dimog‘ig‘a hush 
keturgoni va Xusrav hujjat yuzidin anga so‘z qotqoni va Xusravning savoloti shishalarin javoblari 
xorolari bila ushotqoni va aning bu nav’ qattiq so‘zlari sangboronidin Xusravning ko‘nglidog‘i 
savollari shishasidek sinib aning qatlig‘a jozim bo‘lg‘oni va ul muhlik so‘zlari himoyati bila qatldin 
qutulg‘oni 
Bu bexudlig‘ yo‘lining hushmandi, 
Bo‘lur bu nav’ ma’ni naqshbandi 
Ki, chun Farhodni ul xayli cholok, 
Shah ollig‘a yeturdilar tarabnok. 
Bo‘lub Xusrav ul ishdin shodmona, 
Ato aylab alarg‘a xusravona; 
Dedi, majnung‘a soldilar og‘ir band, 
Iki ilgin qilib band uzra rayvand. 
Majonindek muqayyad qildi hosil
Bori a’zosin ag‘lolu salosil. 
Buyurdikim hakim o‘lub hamog‘ush, 
Kiyurdi notavonning mag‘zig‘a hush. 
Ko‘zin chun ochti ul majnuni bexud 
Ki, bo‘lmish erdi majnundek muqayyad. 
O‘zin ko‘rdi ajoyib hol ichinda, 
Salosil qaydida, ag‘lol ichinda. 
Boshida xusravoyin borgohi, 
Turub atrofida xaylu sirohi. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
250
To‘rida borgahning bir biyik taxt, 
Aning ustida bir shohi javonbaxt. 
Ayog‘i ostida taxti Kayoniy, 
Boshi ustida toji Xusravoniy. 
Taajjub birla oning sori boqib
Boshini irg‘otib, ilgini qoqib. 
Qilib gah ishqi oyinida g‘ayrat, 
Yetib gah haykalu shaklida hayrat. 
Yaqin bildi chu bo‘ldi fikratandesh 
Ki, ne fe’l aylamish charxi jafokesh. 
O‘zin solmay xidevi g‘ayratoyin, 
QO‘pub o‘lturdi solib qoshig‘a chin. 
Adab birla hayo rasmin qilib fosh, 
Burun indurdi majlis ahlig‘a bosh. 
Chu da’bi yo‘q edi so‘rmay demak so‘z, 
Og‘iz so‘zdin tikib, tikti quyi ko‘z. 
Shukuhidin yetib Xusravg‘a tag‘yir, 
Qilib ishqi o‘ti ko‘nglig‘a ta’sir. 
Unutti aylamakni qatlu bedod, 
Anga boqib takallum qildi bunyod. 
Dedi: Qaydinsen, ey majnuni Kimrahg‘ 
Dedi: Majnun vatandin qayda ogah. 
Dedi: Nedur sanga olamda reshag‘ 
Dedi: Ishq ichra majnunluq hamesha. 
Dedi: Bu ishdin o‘lmas kasb ro‘zi, 
Dedi: Kasb o‘lsa basdur ishq so‘zi. 
Dedikim: Ishq o‘tidin de fasona! 
Dedi: Kuymay kishi tormas nishona. 
Dedikim: Kuymagingni ayla ma’lum! 
Dedi: Andin erur joh ahli mahrum! 
Dedi: Qay chog‘din o‘ldung ishq aro mastg‘ 
Dedi: Ruh ermas erdi tang‘a rayvast. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling