Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
241 Bu erdi so‘zki, taqrir o‘ldi bir-bir, Borib ollinda bir-bir ayla taqrir. Desakim, sahvdur, yo‘q hech bokim, Agar chin desa ham bor o‘zi hokim». Quloq chun elchi ul so‘zlarga solib, QO‘pub yondi deganlardin uyolib. Kelib shoh ollida og‘oz aylab, Nekim fahm etti sharhi roz aylab. Bu so‘zlardin bo‘lub g‘olib xijolat, Taraddud soldi Xusravg‘a malolat. Bir ulkim, har ne aylab erdi maqsud, Sarosar torti yor ollinda mardud. Bu ham ozurda ko‘nglin etti maqtul, Raqib o‘lmoq habib ollinda maqbul. Chu qildi rodshahlik e’tiborin, g‘azab oldi ilikdin ixtiyorin. g‘azab tig‘in chiqorsa rodshahlar, Ulug‘ mujrimcha bordur begunahlar. Qamishliq ichra chun o‘t tushti nogoh, Qurug‘-o‘l kul bo‘lur bo‘lg‘uncha ogoh 4 . Qayonkim zohir etti seli bedod, Yiqorda teng durur vayronu obod. Chu Xusravni g‘azab mag‘lub qildi, Anga ul mulk elin mag‘zub qildi. Ko‘chub qo‘rg‘on sori surdi samandin, Solay deb ko‘k hisorig‘a kamandin. Sirah azm etti ul yon favj-barfavj Ki, choyqatti cherik daryosini mavj. Aningdek yer yuzin tutti sirohi Ki, tutqay mashq avroqin siyohi. Qabab qo‘rg‘onni darqur-darqur ul xayl, Tusharg‘a qildilar to‘shluq-to‘shi mayl. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 242 Chu qo‘rg‘on davrig‘a yovushtilar bot, Suron solib yonibon tushtilar bot. Suron yo‘q, sur savtining safiri, Qayu bir surkim, mahshar nafiri. Ihota qildilar qo‘rg‘onni bebok, Nechukkim arz jirmin davri aflok. Ketur soqiy, qadah andoqki gardun, Shafaqdek boda solib anda gulgun. Ko‘raykim bu hisori lu’batakboz, Yana ne nav’ to la’b etgay og‘oz! XL Xusrav qo‘rg‘onni qabab tushub davrida yana bir qo‘rg‘on egirgani va Armaniya qo‘rg‘oni arkdek Xusrav egirgan qal’aning davrig‘a kirgoni va cherikning Farhod toshi qo‘rqunchidin anga yovuy olmay ming qari yiroqdin tushganlari va Xusrav aning giriftorlig‘i bobida bir hiylagar topib so‘z rishtasin tugushganlari va ul hiylagar afsun rishtasi domin ochib tazvir ashki donasin sochib ul telba qushni 1 giriftor qilg‘oni, balki gul isi bila ul ishq bulbulining 2 hushin uchurg‘oni va Shorur sayyodni halok qilib, kamindag‘ilar saydni eltib Xusravg‘a tortqonlari Falak hisni demay, lu’bat hisori, Aningdek ochti bu lu’bat uzori Ki, chun tushti qabab qo‘rg‘onni Rarvez, Adovat o‘ti bo‘ldi dam-badam tez. Uloshti mo‘rjalu yerni qilib shaqq, Cherik atrofig‘a qozdurdi xandaq. Yasab xandaq toshida boruvu burj, Parivash qo‘rg‘onining naqdig‘a durj. Qabab ul hisn davrin toshqi qo‘rg‘on, Nechukkim qubba atrofini qolqon. Hisor ahli dog‘i voqif tunu kun, Chiqarmay qal’adin kunduz unu tun. Kecha lekin fig‘oni fosh birla, Yurub to subh hozir bosh birla 3 . Tong otkuncha furug‘i sham’u mash’al Yorutub qal’ani andoqki manqal. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling