Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
237
Yilon netgay urub nish ajdahoni
It urmak birla yonmas korvoni
1

Nechuk majnun so‘zin oqil eshitgay, 
Junun o‘ti bila ko‘nglin eritgay. 
Eshitgan nuktani ko‘nglungga olma, 
Eshitsang juz eshitmaslikka solma. 
Bu avlokim yana bir nuktarardoz
Borib Bonu sori rand etsa og‘oz. 
Kalomi ichra bo‘lg‘ay lutfu tahdid, 
Nechukkim biym bo‘lg‘ay, bo‘lg‘ay ummid. 
Shak ermaskim ayon aylab madoro, 
Zabunliq aylagaylar oshkoro. 
Bu ish bo‘lmoqliq avlo chora birla
Siteza qilsa bo‘lmas xora birla 
Ki, bu qo‘rg‘on erur mahkam bag‘oyat, 
Zaxira anda dog‘i benihoyat. 
Seningdek shahki xurshedi jahonsen, 
Qayu xurshed, Jamshedi zamonsen. 
Qachon ul yon tilarsen razm solmoq
Keraktur razm solg‘on kun-o‘q olmoq. 
Bu yanglig‘ fath agar xud dast bermas, 
Ani yuz yilda olmoq mumkin ermas. 
Chu bo‘lmas razm ila olmoq muqarrar, 
Magar tadbir ila o‘lg‘ay muyassar. 
Emas tadbiri holo mundin o‘zga 
Ki, chekkaybiz bir ish naqshini so‘zga». 
Fusungar aytibon yolg‘onu chindin, 
Chekar af’ini afsun birla indin
2

Degach bu so‘z topib shaxsi suxandon, 
Uzottilar ani g‘amginu xandon. 
Kelib qo‘rg‘ong‘a ul farxunda rovi, 
Bu yanglig‘ ayladi so‘z kov-kovi 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
238
Ki, shahkim charxni rom aylamishdur, 
Qamarg‘a bu so‘z e’lom aylamishdur 
Ki, biz farzandliq tarhini solib
Buyon keldik vafo ko‘sini cholib. 
Burunkim tushmamish amre apoda, 
Qiling andoqki, qilmishbiz ipoda. 
Agar avvalg‘idektur so‘z hisobi, 
Bu so‘zdur ul Parishon so‘z javobi 
Ki, siyminbarki keldi mehri ofoq
Gar o‘lsa siz degondek juftdin toq, 
Yeranlar maylidin fard o‘lsa zoti, 
Alarg‘a yo‘qsa mutlaq iltifoti. 
Bor ermish telbai xoroshikofe, 
So‘zi boshtin-ayoq sahvu gazofe. 
Xiradg‘a yuz tanaffur hay’atidin, 
Xirad ahlig‘a dog‘i suhbatidin. 
Bu shan’at birla ul nangi zamona
Urub tun-kun fig‘oni bexudona. 
O‘zin aylab aning ishqig‘a mansub, 
Qilib oshiq o‘zin, ul oyni mahbub. 
Bu ish topib bori olamda shuhrat, 
Nechuk ul oyg‘a bo‘lmoy hech g‘ayrat. 
Ani istab yana qoshig‘a doim, 
Vafoomiz so‘zlar deb muloyim. 
Visoli birla aylab ko‘nglini shod, 
g‘ami hajridin aylar ermish ozod! 
Siz aytur so‘z zilole bo‘lsa sofi, 
Erur bu ish aning birla munofi. 
Va gar yolg‘ong‘a oxir bo‘lsa roje’, 
Bas ul so‘z voqe’, o‘lmish g‘ayr voqe’g‘! 
Agar bu sahvingizg‘a mu’tarifsiz, 
Karam birla kechurduk ham ani biz. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling