Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
239 Xatodin xoli ermas odamizod, Erur Haq ishda sahv etmoqdin ozod. Chu qilduq mulkunguzg‘a mehmonliq, Qiling siz ham tariqi mizbonliq. Arodin murtafe’ bo‘lsun kudurat, Kuduratsiz safo bo‘lg‘ay zarurat. Tugatti so‘zni chun roviyi farrux, Mihinbonu bu yanglig‘ dedi rosux: «Kim, ulkim Xusrav aytibturki, Farhod Emas siyratda misli odamizod. Ne yanglig‘ degabiz bu so‘z javobin Ki, xud ul deb eshitmish o‘z javobin. Bizingdek yuz tuman vasf etsa yuz yil, Deyolmas vasfining mingdin birin til. Gado debdur, erur ul shohzoda, Sharafda ondinu bizdin ziyoda. Ne ilmu fanki bor olamda ahsan, Bu ahsandurki, ul bor anda yakfan. Aning ul gavhari volosi bordur Ki, bu o‘kmakdin istig‘nosi bordur. Yana bir buki debtur sarvi gulchehr, Yeranlarg‘a agar bor ersa bemehr. Nedin Farhod anga chun bo‘ldi oshiq, Erur ko‘ngli aning birla muvofiq. Bukun Farhod ul ozodavashdur Ki, yo‘qluq bodasidin jur’akashdur. Fano o‘ti aro andoqki xoshok, Vujudi xirmanin pok o‘rtamish pok. Bo‘lubtur o‘yla Haq zotida foniy Ki, yo‘qtur anda o‘zlukning nishoni. Bu ash’yo ichra kim bo‘lg‘ay mazohir, Ko‘rar mazharni har yon bo‘lsa nozir. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 240 Qayu mazharki ajmal kelsa mavsuf, Ajab yo‘q anda ko‘rrak bo‘lsa mash’uf 3 . Va lekin to erur Shiring‘a shaydo, Ishi bo‘lmaydur andin o‘zga raydo Ki, ko‘rmish ikki yo uch qatla oni, Tiriklikdin anga qolmay nishoni. Aningdek tarki aqlu hush qilmish Ki, ikki-uch kun o‘lgandek yiqilmish. Azosidin bo‘lub har xayl ranjon, Yana Haq mavhibat aylab yangi jon. g‘arazdin pok topib oni gulrux, Ko‘rub farxunda ruxsorini farrux, Qilur jonin aning vasli fidosi, Va lekin ko‘p durur oning ibosi Ki, ko‘rgach hush tark etmak hamondur, Kelib bu o‘zidin ketmak hamondur. Bu ma’nidin tutub gah dashtu gah ko‘h, Zaif egniga yuklab bori anduh. Erur oning xayoli birla qone’, g‘amu dardu maloli birla qone’. Vale mahvashqa oning vasli maqsud Ki, yo‘q makruhe tab’i anda mavjud. Bukim debtur, karih oning jamolin, Ne til birla deb erkin bu maqoling‘ Ani men ayta olmon zisht yo xo‘b, Sanga ko‘rmakligi bor ersa matlub, Borib Tengri uchun ko‘p oni bexost Ki, Xusrav so‘zlamish egrimu yo rostg‘ Yuzi gulzoridin chun vard tergung, Ne aytay men, o‘zing insof bergung. Bukim Xusrav erur bu ishga moyil Ki, men bo‘lg‘aymen o‘z sahvimg‘a qoyil. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling