Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
233 Va lekin dahr aro ahli talavvun, Adamg‘a aylab itloqi taayyun 5 . Qilurlar chun vujudim tufrog‘in yod, Hamonokim atarlar xasta Farhod». So‘zin Xusrav qilib boshdin-ayoq go‘sh, Yaqin erdiki borg‘ay mag‘zidin hush. Eshitmish erdi ko‘p avsofin oning, Eshitgach bu kalomi sofin oning. Agarchi vola etti hayrat oni, Vale ishq ichra o‘rtab g‘ayrat oni. Dedikim: «Nuktasidur choshniyi bahr, Manga andin nasib ermas, magar zahr. Qilur rangin so‘zi xotir mushavvash, Hamonokim yilonedur munaqqash. Kalomi nechakim sofu arig‘dur, Manga nuqsondin o‘zga ne osig‘dur. Chu bor ondin g‘amu mehnat nasibim, Erurmen oshiqu uldur raqibim. Erur ko‘nglida shirkat orzusi, Ne shirkat, balki mulkiyat g‘ulusi. Bu xoredurki yo‘ldin olg‘ulug‘dur, Aning ko‘si rahilin cholg‘ulug‘dur. Qo‘lumg‘a muft solmish oni iqbol, Kerakdur bo‘lmoq andin forig‘ulbol. Chamanni chun aritsam bu tikandin, Tong ermas, bar yemak sarvu sumandin». Dedi: «Besh-o‘n muboriz sekretib ot, Mening ollimg‘a oni kelturung bot». Alar chun qildilar ul sori rarvoz, Chiqib tosh uzra Farhod etti ovoz: Ki: «Yey chobuk sirahdori dilovar, Qo‘lungda baxt yoru charx yovar. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 234 Agar Xusrav esang xud bil bu so‘zni, Emas ersang ham eshitgil bu so‘zni: Sanga mendinki kelmak multamasdur, Tariqi multamas mundoq emasdur Ki, chorturdung o‘n-o‘n besh rahlavonni Ki, qilg‘aylar talaf bir notavonni. Vagar xud qasdu qatlim erdi maqsud, Manga mundin ziyon yo‘qtur, sanga sud. Bu jam’i begunah qonig‘a kirding, Sirohingni o‘z ilging birla qirding. Desang bu nukta ermas, rost hosho, Boqib, Haq sun’ini qilg‘il tamosho Ki, boshdin uchqusidur mili xudung, Bu tosh birlaki yetkurdim durudung 6 . Yana bir tosh otib, dedi ravoni: «Mungadur mahchai tug‘ung nishoni». Iki toshi qilib sur’atda ta’jil, Rayoray uchti yetgach mahchau mil. Dedi: «Yey kim, bu elga rodshahsen, Yo‘q ersang shoh, sarxayli sirahsen. Bu erdi ishq xayli dastburdi Ki, sen ko‘rdung, sirohing dog‘i ko‘rdi. Bu elni qaytarurg‘a amr qilg‘il, Yo‘q ersa borcha bir-bir o‘ldi bilgil. Bu toshikim uchurdi xud mili, Hamuldur bosh uchurmoqning dalili. Nazar qilkim seningdek bir sirahdor Ki, bo‘lg‘ay xayli ichra ming kulahdor. Birov jonig‘a qilg‘ay qasdi nohaq, Yevaz bu nav’ yetkurg‘ay anga Haq Ki, bir majnun qayodin tosh uchurg‘ay, Yetib ul tosh, sendin bosh uchurg‘ay. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling