Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
225
O‘zin tengsiz desa, ul ham emastur. 
Agar farzan, o‘zi bo‘lsa rizomand, 
Bo‘lurmu rozi ul sho‘xi shakarxandg‘ 
Agar kuch birla bo‘lsa oy rizosi, 
Ne bo‘lg‘ay bu rizoning intihosig‘ 
Vagar qilsa ibo tarhini bunyod
g‘azanfardin yetar jayranga bedod
4

Harif ermas yoling‘a hulla chandon, 
Ushotur shisha yuz ming bo‘lsa sandon
5

Bu ma’nida base aylab madoro 
Ki, yaxshi uzre etkay oshkoro. 
Taxayyul tuxmini yuz nav’ ekti, 
Ham oxir oyni ul roy ichra chekti 
Ki, gardundin bu ish voqe’ durur bil
Yamon gar yaxshisin ham fikrini qil. 
Eshitgach qissani huri Parizod, 
Qo‘yub tufrog‘ uza yuz, qildi faryod 
Ki: «Yey na’layning o‘rni qiblagohim! 
Harimi nazhating g‘amdin ranohim! 
Necha yetkay sanga mendin malolat
Necha kelgay manga ondin xijolat. 
Boshimg‘a tig‘i g‘am sursang ne bo‘lg‘ay, 
Bu so‘z deguncha o‘ltursang ne bo‘lg‘ay. 
Meni hindudek otashgahg‘a boshla, 
Uzorim xolidek o‘t ichra tashla 
Ki, jismim bo‘lsa ul o‘t ichra nobud, 
Sochimdek chiqqay ondin chirmanib dud. 
Malolimdin bari olam qutulsin
Tanim yuz ming balodin ham qutulsin. 
Manga Farhod ishqi tuhmati bas 
Ki, chehram ko‘rmayin ul zoru bekas. 
Yiqilmoqdur shiori oh tortib, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
226
Ko‘nguldin nolai jonkoh tortib. 
Qulog‘i mustami’ bo‘lmay so‘zumga, 
Ko‘zi oylar o‘tub tushmay yuzumga. 
Tog‘ ichra sel yanglig‘ oqizib yosh, 
Urub tosh uzra hardam seldek bosh. 
Xayolim birla ko‘nglin qone’ aylab, 
Firoqim ichra umrin zoe’ aylab. 
Yuzumdin didai giryoni mahrum, 
Visolimdin balokash joni mahrum. 
Qolib men ham yiroq ul notavondin, 
Nechukkim mendin ul, men dog‘i ondin. 
Bu bizga holu yuz nav’ elda shuhrat
Ne yuz shuhratki, yuz ming nav’ tuhmat. 
Manga ne yoru ne oshiq havasdur, 
Agar men odam o‘lsam ushbu basdur!
6
Agar Bonu iloji bilsa qilsun
O‘zumni o‘ltururmen yo‘qsa bilsun!» 
Mihinbonu ani chun bo‘yla ko‘rdi, 
Yuziga darddin ashki yugurdi. 
Ko‘ngulga chora tarhin soldi filhol, 
Ko‘ngul berdiyu, ko‘nglin oldi filhol. 
Dedi: «Yey ko‘rmagingdin ko‘ngluma kom! 
Huzuringdin hazin jonimg‘a orom. 
Ne so‘zkim sen deding jonimg‘a yoqti. 
Hadising joni rajmonimg‘a yoqti. 
Sanga bori so‘zingda muttafiqmen, 
Muhiq sen-sen dog‘i, men ham muhiqmen. 
Sen emdi g‘am yema, ko‘nglungni xush tut
Tarab birla o‘zungni bodakash tut. 
Tuzub men tongla jashni xusravona, 
Qilay elchini uzre deb ravona». 
Degan miodi birla oni ko‘rdi, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling