Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
219 Baqo mulkiga chun Kisro 2 qo‘yub yuz, Berib ziynat aning mulkiga Hurmuz 3 . Chu Hurmuzning bo‘lub ul yon xiromi, Bo‘lub Rarvez aning qoyim maqomi. Oti Xusrav, laqab otig‘a Parvez 4 , Bu otu bu laqab shuhrat qilib tez. Ulusqa irs birla hukmron ul, Atodin to ato xusravnishon ul. Bilibkim mulk anga yetmish qazodin, Nekim yetti ato, yetmish atodin. Qayu birkim qo‘yub oyini ra’fat, Xalafqa torshurub taxti xilofat. Yaqin anglabki davroni kuhan gard, Anga ham tutqusi bu sog‘ari dard. Chu nogah xoli o‘lsa umri jomi, Keraktur bir xalaf qoyim maqomi. Agarchi aqdi zavj aylab muqarrar, Bo‘lub erdi anga gavhar muyassar. Va lekin ermas erdi loyiqi toj Ki, bo‘lg‘aylar anga toj ahli muhtoj. Nikoh ichra tilar erdi takarrur Ki, torqay tojg‘a shoyista bir dur. Topib bu ishda chun aylab taammul Ki, sho‘ra xas qilur zohir, chaman gul. Bulutdin obi hayvon gar Topar bahr, Bo‘lur albatta pur xarmuhrag‘a zahr. Vagar xud ichsa suv o‘rnida zahrob, Chamanda gul butar, lavnida yuz tob. Gar o‘lsa tarbiyat kam yo ziyoda, Tabiat aylamas tag‘yir zoda. Xirad dehqoni mundog‘ nuktae der: «Ki dona sochqoli yaxshi kerak yer» 5 . Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 220 Bu ma’ni ko‘nglida chun torti orom, Bo‘lub bu komning keynicha nokom. Mamolik ichra munhilar uzotib, Aningdek bir samin gavhar so‘rotib Ki, silki izdivoji ichra chekkay, Agar gul eksa, gulzor ichra ekkay. Bu avqot ichra bo‘lmish erdi mashhur Ki, olam ichra kelmish ravzadin hur. Ne hurekim yurub qilg‘och takallum, Uyotdin tuboyu 6 kavsar 7 bo‘lub Kim. Quyosh bo‘lmish falakdin yerga nozil, Va lekin tutmish Arman ichra manzil. Ul oydin yorumish ul xittai pok, Quyoshdin o‘ylakim bu markazi xok. Kishiga o‘xshamas go‘yo Paridur, Pari yo‘q, oftobi xovaridur. Nasabda jaddi a’lo anga Jamshed, Hasabda so‘ngg‘i mavlo anga xurshed. Bo‘lub oshuftasi nodir misoli, Bori fanlar aro sohibkamoli. Uzub eldin aning ishqida rayvand, Ne ul elga va ne el onga monand. Huvaydo haykalida ko‘htanlik, Qilur ashg‘oli holo ko‘hkanlik. Demakim tesha birla ko‘hkan ul Ki, zarbi dast ila xoroshikan ul. Vale tortib fig‘on chekmakdin ohe, Bo‘lub ko‘hi tani andoqki kohe. Kupub ondin bu yanglig‘ notavonlig‘, Pari raykar ham aylab mehribonlig‘. Agar ma’shuq erur fardi zamona, Bu oshiq ham erur fardi yagona. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling