Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
215
Yana behushlar yanglig‘ yiqilg‘ay. 
Vale may zo‘ri bo‘ldi dastgiri 
Ki, hushin ayladi farmonraziri. 
Maqomin yonida ko‘rguzdi Bonu, 
Kelib o‘lturdi ul zonu-bazonu. 
Quyosh chun tutti oy yonida manzil
Ham o‘z o‘rnida manzil tutti bedil. 
Chu yerliq o‘z yerida tutti orom, 
Ayoqchilar rayo-ray tuttilar jom. 
Labolab necha sog‘ardin Parivash, 
Chu o‘z devonasidek bo‘ldi sarxush. 
Hijobi boda zo‘ridinki ketti, 
Pari izhori insoniyat etti 
Ki, ey olam elidin fardu nodir! 
Kelib zoting bori qudratda qodir. 
Hunarda zerdasting borcha olam, 
Hunar yo‘qkim, kamolu fazl aro ham. 
Kishikim qilsa ta’rifing xayoli, 
Quyosh ravshan demaktur, charx — oliy. 
Balodin asrasun davron taningni
Ne yolg‘uz tanki, joni rurfaningni. 
Yo‘lungda ganj agar solg‘oybiz oxir, 
Qayu uzring qo‘la olg‘oybiz oxir. 
To‘kub mahvash bu yanglig‘ durri shahvor, 
Qolib bedil nechukkim naqshi devor. 
Parivash bo‘ldi chun mundog‘ guharrosh, 
Ayoq tutmoq uchun qo‘rti urub bosh. 
Ul o‘n qizkim o‘n ishda erdi mohir
Tutub har qaysi bir xoni javohir. 
Parivashning qayon bo‘lg‘och xiromi, 
Sochib bir xonni har yon tushsa gomi. 
Nisori la’lu dur sharh aylagoncha, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
216
To‘kub Farhod xud ko‘zdin yuz oncha. 
Pari ul shakl ila bir-bir qo‘yub gom, 
Kelib majnun qoshida tutti orom. 
Dedi la’lig‘a olib la’li ahmar
15

«Sening ishqingda no‘sh ettuk bu sog‘ar!» 
Sumurdi uyla shamshodi qasabro‘sh 
Ki, mundin oldi oning ichkani hush. 
Ichib jomi labo-lab tutti ul dam 
Ki: «Ho‘sh etkil mening ishqimda sen ham!» 
Iki hol ul may ichra hosil erdi 
Ki, ham hayvon suyi, ham qotil erdi. 
Chu oshiq may isidin bor edi mast
Ajab soqiyg‘a ko‘rkim bo‘ldi hamdast. 
Olib sirqordi andoq bexudona 
Ki, sog‘ar naqshidin ketti nishona. 
Bu sog‘ar bo‘lsa erdi jomi aflok, 
Qo‘yub og‘zig‘a sirqorg‘ay edi pok. 
Vujudi naqshi ko‘nglidin yuvuldi, 
Ko‘ngil nangi vujudidin qutuldi. 
Qilib o‘zni xalos o‘zluk g‘amidin, 
Ne o‘zluk, balki yo‘qluq olamidin. 
Ayog‘ni torshurub fardi zamona
O‘zin tufroqqa soldi bexudona. 
Boshi chun ul sanamni sajda etti, 
Bu olamdin yana olamg‘a ketti. 
Ko‘tarmak istadi boshin Parizod, 
Yiqildi jismi, ketmish erdi Farhod. 
Bu shirin hol chun nazzora qildi
Aning yonida Shirin ham yiqildi. 
Ikisin og‘zig‘a tutqonda mir’ot, 
Nafasdin hech asar yo‘q erdi, hayhot. 
Ketur soqiy, manga mir’oti joni 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling