Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
207
Bo‘lub ul mushkil ish itmomidin xush. 
Buyurdilarki torti qasri zebo
Ayoqdin-boshqa tegru farshi debo. 
Nishotu aysh o‘lub imkondin ortuq, 
Sururu shodmonlig‘ ondin ortuq. 
Valek ul oy uzorin oh tobi, 
Nazarda qilmish erdi mohtobi. 
Base diltang edi bedil g‘amidin, 
Bo‘lub diltanglik hosil g‘amidin. 
Mihinbonug‘a bas mushkil ish erdi 
Ki, mahvashning xayolin bilmish erdi. 
Vale tormas edi bu ishga chora 
Ki, yondoshqay buluru sangi xora. 
Chu ko‘rdi itti bedil telbalikdin 
Pari raykar dog‘i borur ilikdin. 
Dedi mahvashqa: «K-ey jonimg‘a rayvand! 
Hazin jonim jamoling birla xursand. 
Bu shaydovash yigitkim chekti ko‘p ranj 
Ki, muzdi dast anga bor erdi yuz ganj. 
Necha ko‘p bo‘lsa istig‘nosi oning 
Yo‘q ersa ganjdin rarvosi oning. 
Vale bizdin dog‘i xushdur muruvvat 
Ki, bersak so‘z bila ko‘ngliga quvvat. 
Anga taklif qilsak mehmonliq, 
Ikimiz zohir etsak mizbonliq. 
Ani istarg‘a el qilsak ravona
Tuzatsak bazmgohi xusravona. 
Yasosoq sandali uzra maqomin, 
Qilib diljo‘liq etsak ehtiromin. 
Bular birla gar oni aylasak rom, 
Rioyat aylasak nekim erur kom. 
Vagar qilg‘onga bo‘lmas mayli zohir


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
208
Qilurni qilmish o‘lg‘oybiz biz oxir. 
Bular gar ko‘ngliga bo‘lmas tirozi, 
Xud o‘lg‘ay daf’ elning e’tirozi». 
Bu so‘zdin lolarux guldek ochildi, 
Rujuin ham aning rayig‘a qildi. 
Mihinbonu ravoni hukm surdi
Nekim matlub edi, borin buyurdi. 
Bilurlar erdi Bonu rasmu royin, 
Hamul dam torti bazm asbobi oyin. 
Dedi Bonuki: «Ayvon ichra kunduz, 
Qo‘yoli jomi may ichmak sori yuz 
Ki, havz o‘lsun nazar ollig‘a o‘tru, 
Bu manzildin g‘araz chun erdi bu suv. 
Jahong‘a mushk sersa shomi dayjur, 
Qilib ravshan falakdek sham’i kofur, 
Tutoli bir nafas qasr ichra orom, 
Vale orom tutmay tortali jom». 
Iki-uch hushmandi nuktarardoz 
Yibordikim qilib har yon taku toz
Topib Farhodi zori benavoni, 
Keturgaylar bu majlis ichra oni. 
Borib tortilar oni zoru mahjur, 
Balou dardig‘a yo‘q haddu maqdur. 
g‘amu andisha o‘tining sharori, 
Sharori dardu mehnat beqarori. 
Topib ko‘rmaktin oni yuz malolat
Ravon qildilar izhori risolat. 
Ayog‘larig‘a qo‘ydi bosh yig‘lab, 
Nechukkim sel to‘kti yosh yig‘lab. 
Dedi: «K-ey nuktangiz jonimg‘a ummid, 
Ne jon ummidi, balkim umri jovid. 
Izingiz gardi toji iftixorim, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling